Huawei Mate 8: kuchli, hashamdor va mustahkam fablet

Huawei Mate 8: kuchli, hashamdor va mustahkam fablet

Huawei 2016 yilga qadar bir yarim yil davomida so‘nggi muvaffaqiyatli fableti – Mate 7 gadjetini yangilamadi. Bu tanaffus davomida kompaniya yangi va kuchli fablet ustida ishlaganini 2016 yil 6-9 yanvar kunlari Las-Vegasda o‘tgan Elektronika iste’molchilari ko‘rgazmasida namoyish etilgan Mate 8 fableti misolida isbotladi.

Jahonning eng kuchli smartfoni, deya e’tirof etilgan Mate 8 texnologik qurilmalar sinovida Samsung Galaxy S7 smartfonini ham ortda qoldirgan. Mobil aloqa vositasi 4000 mA soat elektr sig‘imiga ega akkumulyator, metall korpus va barmoq izlari skaneri kabi jihatlari bilan maqtansa arziydi.

Huawei Mate 8

Huawei «temir niqobli» flagmanini ishbilarmonlarga mo‘ljallab, to‘la biznes-smartfon uslubida yaratgan. Smartfon korpusi to‘la metalldan ishlangan. Korpus hoshiyasiga maxsus shisha bilan jilo berilgan. Telefonning orqa paneli jilosiz metalldan ishlangan. Smartfon chiroyli, hashamdor va pishiqligi bilan ko‘zni quvontiradi.

Mate 8

Mate 8’ning ekran diagonali 6 dyuymli bo‘lib, akkumulyator ham shunga muvofiq, 4000 mA soat tok sig‘imiga ega. Telefon apparatining displeyi uning old panelining 83% qismini egallagan. Uning og‘irligi hattoki 5.5 dyuymli, og‘irligi 192 gramm bo‘lgan iPhone 6s Plus 185 gramm. Gadjetning o‘lchamlari: 157mm x 80mm x 7.9 mm. U 185 gramm vaznga ega.

Shu bilan birga, Huawei ilk marotaba Mocha Brown, ya’ni qahva-dolchin rang va metallika ranglari qorishmasidan iborat o‘ziga xos talqinni mazkur fabletda sinovdan o‘tkazdi.

mate8

Huawei Mate 8 fableti 1920×1080 piksel sig‘imiga ega 6-dyuymli IPS (LCD – qattiq kristalli displey) turidagi Full HD displeyga, 8 yadroli, eng uzog‘i bilan 2,3 GGs chastotada ishlaydigan HiSilicon Kirin 950 protsessori, 3 GB tezkor hamda 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega. U 132 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, fabletda kuchli Mali-T880 MP4 grafik protsessori hamda sensor-datchiklardagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan  i5 qo‘shimcha protsessori mavjud.

Mobil vosita Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei Mate 8 mobil qurilmalar imkoniyatini baholovchi AnTuTu reytingida Meizu va Samsung smartfonlaridan o‘zib ketib, yetakchilikni qo‘lga kiritdi. GeekBench reytingida esa u Samsung Galaxy S7 apparatidan ham kuchliroq ekani isbotlangan.

Huawei-Mate-8

Mate 8 gadjetining 4000 mA soat sig‘imga ega akkumulyatori 10 soat mobaynida video ko‘rish imkonini beradi.  O‘rtacha foydalanganda smartfon bir kunda 20 foiz quvvatni yeydi. Bu o‘rinda u 5000 mA soat sig‘imli Lenovo Vibe P1’dan kuchsizroqdir.

Huawei’ning  Mate 8 flagmani PCMark benchmarkida sinovdan o‘tkazilganida u  Full HD videoni oddiy rejimda 11 soat, to‘la yorqin ekran rejimida 9-10 soat mobaynida namoyish qilgan. Bu esa zamonaviy smartfonlar orasida rekord darajadagi ko‘rsatkich.

Tezkor quvvatlash funksiyasiga ega fablet akkumulyatori 2 soat ichida to‘liq  quvvat oladi. Bu katta tezkorlik hisoblanadi. Misol uchun, iPhone 6s Plus 2900 mA soat sig‘imli quvvat toshini to‘la quvvatlantirishi uchun 3 soatdan oshiq vaqt kerak.

Huawei Mate 8

Barmoq izlari skaneri bugun katta yangilik emas. Ammo Huawei Mate 8 skaneri o‘zining tezkorligi  bilan maqtana oladi. Ya’ni, u o‘z foydalanuvchisini 0,5 sekund ichida tekshiruvdan o‘tkazadi.

Mate 8 kamerasi alohida jihatlarga ega. Bosh kamera uchun hozir ommalashayotgan, muayyan o‘zgarish avtofokusiga ega, yorug‘likni qabul qilish diafragmasi f/2.0 bo‘lgan 16 megapikselli Sony IMX298 ob’yektivi o‘rnatilgan. Old kamerada 8 megapiksel sig‘imigacha bo‘lgan surat olish mumkin.

Optik barqarorlashtirish tizimi yordamida kameraning olgan suratlari aniq-ravshanligi bilan diqqatni tortadi. Shuningdek, ovozni boshqarish tugmasini ikki marta bosish orqali kamerani bir zumda ishga tushirish mumkin.

Huawei Mate 8

Kameraning yani bir o‘ziga xosligi – uning parametrlarini professional rejimda sozlash mumkin. Hatto tasvirga fokus berishni qo‘lda amalga oshirish mumkin. Ammo fabletda hozir ommalashayotgan lazerli fokuslash tizimi yoki 4K formatda video yozib olish funksiyasining yo‘qligi kamchilik deya baholanishi mukin.

Huawei Mate 8’ning 32 GB doimiy xotiraga ega talqini Amazon xalqaro internet do‘konida $560.00,  Rossiya Federatsiyasidagi internet do‘konlarda esa $579,99 dollardan sotilmoqda. O‘zbekistonning olx.uz onlayn savdo platformasida esa mazkur gadjet turli foydalanuvchilar tomonidan 510 hamda 650 AQSh dollaridan sotuvga qo‘yilgan.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon $480 Sotib olish
Asaxiy.uz 3,137,500 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.