Huawei Mate V buklamafonining renderlari e’lon qilindi

Huawei Mate V buklamafonining renderlari e’lon qilindi

Yaqinda internet tarmog‘ida Galaxy Z Flip kabi form-faktorga ega bo‘lgan Huawei Mate V'ning renderlari e’lon qilindi. 

Bir qarashda smartfonning orqa panel dizayni Huawei P50 seriyasinikiga o‘xshab ketadi. Biroq Mate V'da kamera moduli faqat bitta holos. Pastdagi doira bu - displey bo‘lib, u vaqt, sana, bildirishnomalarni ko‘rsatib turadi. 

Smartfon Kirin 9000 chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ayrim manbalar Huawei'da Kirin chiplarining zaxirasi yo‘qligi haqida xabar bermoqda. Shuning uchun, kompaniya yangi buklamafonga boshqa turdagi chipni o‘rnatishi mumkin. 

Qurilma HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydi. Uning taqdimoti dekabr oyida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!