Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

  •   DiMaX
  •  4810
  •  20.03.2019 16:53

Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Xitoylik texnogigant bu yilgi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘zining buklama smartfoni – Huawei Mate X modelini taqdim etgandi. Uning ko‘plab yangi va ilg‘or xususiyatlari bilan birga, narxi ham kishini hayratga soladi – 2299 yevro (taxminan 2600 AQSh dollari)!

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Huawei ushbu devaysini yozning o‘rtalarida savdoga chiqarishga va’da bergandi, lekin buni qarangki, «shovvoz»lar uni allaqachon Aliexpress’da sotuvga qo‘yishibdi! Unisiyam mayli, lekin eng qizig‘i – uning narxi: sotuvchi bu texnologik mo‘’jiza uchun naq 4088 AQSh dollari so‘rayapti!

Aytib o‘tish kerakki, Huawei kompaniyasining turli rusumlardagi smartfonlarini 825 222 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Agarda siz aynan Mate X flagmanini Aliexpress’dan xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, uning sahifasiga mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Har ehtimolga ko‘ra, quyidagi havola orqali bu boradagi qo‘llanma-maqola bilan tanishib qo‘yishni tavsiya etamiz:

O‘QING: AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi