Huawei Mate X2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei Mate X2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei buklanuvchi ekranga ega bo‘lgan o‘zining uchinchi avlod Mate X2 smartfonini taqdim etdi. Kompaniya bundan avval ham ikkita shu turdagi smartfon namoyish qilgan edi. Xususan, 2019 yilda birinchi avlod buklamafoni Mate X taqdim qilingan. Mate X2 - Mate X va Mate Xs'dan farqli o‘laroq, ichki tomonga buklanadi.

O‘QING: Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Bunday buklanuvchi dizaynni Samsung'ning Fold lineykasida ko‘rgan edik.

Foto: GSMArena

Kompaniya xaridorlarning fikrini inobatga olgan holda, bunday ichki tomonga buklanuvchi dizaynni tanlagan.

Biroq Mate X2 hamma ham kutganidek bo‘lib chiqmadi. Oldingi avlodlari kabi Mate X2 ham faqatgina Xitoy bozorlari uchun ishlab chiqariladi. Shuningdek, ushbu buklamafonda Google ilova va servislari mavjud emas. Qurilmaning narxi esa 2,300 yevroni tashkil qiladi.

Huawei Mate X2'ning texnik jihatlari:


> Korpus: 161.8x145.8x8.2 mm, 295 g; old va orqa panel shisha bilan qoplangan, alyuminiy rom.

> Displey: 8.00 dyuymli buklanuvchi OLED displeyi, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 2200x2480p rezolyutsiya, 413ppi zichlik; Tashqi ekran: 6.45 dyuymli OLED displeyi, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 1160x2700 rezolyutsiya, 465ppi zichlik.

> Chipset: Kirin 9000 5G (5 nm): sakkiz yadroli (1x3.13 GHz Cortex-A77 & 3x2.54 GHz Cortex-A77 & 4x2.05 GHz Cortex-A55); Mali-G78 MP24.

> Xotira: 8/256GB, 8/512GB; UFS 3.X; nano-xotira sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, EMUI 11 (Google Play servislari mavjud emas)

> Kamera: asosiy kamera: 50MP, f/1.9, 2mm 1/1.28“, 1.22µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, Laser AF, OIS; telefoto: 12MP, f/2.4 70mm, PDAF, OIS, 3x optik zum; telefoto: 8MP, f/4.4, 240mm, PDAF OIS, 10x optik zum; ultrakeng: 16MP, f/2.2, 17mm, AF.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.2, (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek., gyro-EIS; old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 55 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, Huawei SuperCharge.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFC, infraqizil port.

Qadoq tarkibi
Huawei Mate X2 katta chiroyli qutida keladi. Qutidan qurilma himoyasi uchun magnetli charm g‘ilof va Type-C portli quloqchinlar o‘rin olgan. Quloqchinlarda qo‘ng‘iroqlarga javob berish uchun mikrofon va ovozni boshqarish tugmalari mavjud. Shuningdek, qadoqda 66 vattlik quvvatlash adapteri hamda USB-A ga Type-C kabeli mavjud.
Qutidan 66 vattlik quvvatlash adapteri o‘rin olgan bo‘lsa-da, Huawei Mate X2 55 vattda zaryad oladi.

Foto: GSMArena

O‘QING: Huawei bitta smartfonni necha soniyada yig‘ishini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!