Huawei Mate Xs 2 xalqaro bozor uchun sotuvga chiqdi

Huawei Mate Xs 2 xalqaro bozor uchun sotuvga chiqdi

Huawei kecha katta tadbir o‘tkazdi. Unda kompaniya xalqaro bozor uchun ishlab chiqariladigan Mate Xs 2 buklanuvchi smartfon, smart soat va fitness bilaguzuklarni namoyish etdi. 

Mate Xs 2'ning Yevropa bozoridagi narxi 1999 yevro bo‘lib, u iyun oyidan boshlab Yevropa bozoriga kirib keladi. Qurilma oq va qora ranglarda sotiladi. Ushbu qurilma aprel oyida Xitoy bozori uchun taqdim etilgan edi.

Buklamafon 120 gerts chastotali hamda 2480 x 2200 piksel rezolyutsiyadagi 7.8 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan. Buklanganda esa smartfonning displey hajmi 6.5 dyuymga kichrayadi. 

Yangi modelning hajmi kattalashganiga qaramay uning og‘irligi 255 grammga kamaygan. Avvalgi modellar, xususan, Mate Xs - 300 gramm, Mate X2 esa 295 gramm edi. 

Mate Xs 2 qurilmasi Snapdragon 888 4G chipda ishlaydi. Uning faqat 8/512GB xotiraga ega bo‘lgan versiyasi mavjud. Orqa panelda 50MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera va 3x zumga ega bo‘lgan 8MP telefoto kamera joylashgan. 

Qurilma EMUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. U 66 vattda quvvat oluvchi 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

O‘QING: Honor 70 smartfonining birinchi rasmiy tizeri e’lon qilindi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!