Huawei Mate Xs haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing

Huawei Mate Xs haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing

Garchi o‘tgan yil oson o‘tmagan bo‘lsa-da, Huawei bu yilni yaxshi holatda kutib oldi. 2020 yil kompaniya uchun yanada murakkab bo‘lishi kutilmoqda, ammo Huawei barcha qiyinchiliklarga tayyor ekanligini va ularni sharaf bilan yengishga ahd qilganini aytdi.

Koronavirus MWC 2020 ko‘rgazmasini o‘tkazishga to‘sqinlik qildi, ko‘rgazmada Huawei o‘zining yig‘iladigan Mate Xs smartfoniga dunyo e’tiborini jalb qilishi kerak edi.

Shunga qaramay, kompaniya ushbu qurilmasini onlayn-konferensiya rejimida taqdim etmoqchi. Mate Xs kompaniya birinchi avlod yig‘ma smartfonining takomillashtirilgan versiyasi bo‘ladi.Tarmoqning taniqli informatori @RODENT950 yangi mahsulotning avvalgi ajdodidan qanday jihatlari bilan farq qilishini yoritishga qaror qildi.

Birinchidan, asosiy e’tibor Kirin 990 5G chipini o‘rnatishga qaratilgan. Shuningdek, smartfon yaxshilangan oshiq-moshiq mexanizmi va 65 vattli SuperCharge tezkor quvvatlanishga ega bo‘ladi.

Kompaniya, shuningdek, ekran himoyasini kuchaytirishga ham e’tibor qaratgan.

Smartfonga yanada katta hajmli batareya ham o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Huawei videokonferensiyasi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda yig‘iladigan smartfonga qo‘shimcha ravishda yangi MatePad Pro plansheti va MateBook seriyasidan noutbuklari ham taqdim qilinishi mumkin.

O‘QING: Huawei P40/P40 Pro'lar TENAA'da