Huawei MediaPad M5 Lite va T5 planshetlari sotuvga chiqmoqda

  •   Saroy
  •  1664
  •  23.08.2018 10:21

Huawei MediaPad M5 Lite va T5 planshetlari sotuvga chiqmoqda

Huawei o‘zining Android-planshetlari MediaPad M5 Lite va arzonroq MediaPad T5’ni bozorga chiqarmoqda. Ikkala model ham tarmoqlarda  4G LTE’ni qo‘llab quvvatlaydi.

Huawei MediaPad M5 Lite 10.1-dyuymli IPS-displey bilan ta’minlanadi, uning formati 1920x1200 pikseldan iborat. Tungi vaqtda ko‘zni himoya qiladigan  maxsus rejim ham bor. Apparatning ishlashini sakkizyadroli Kirin 659 protsessori ta’minlaydi, U  2.4 GGs gacha chastotasiga ega va  grafikasi Mali-T830 MP2. Tezkor xotirasi 3 GB, ichki xotirasi esa — 32 GB.

O‘QING:AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandiPlanshet asosiy va old kamera bilan ta’minlangan bo‘lib, har biri 8 megapikseldan, to‘rtta dinamikga ega audiotizim  Harman Kardon bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Huawei Histen 5.0 texnologiyasi tovushning keng qamrovliligini ta’minlaydi. Ikkidiapazonli Wi-Fi adapteriga, Bluetooth 4.2 moduli va GPS-priyomnikga ham ega. Metalldan ishlangan korpus ichida sig‘imi 7500 mAch bo‘lgan akkumulyator joylashtirilgan.  USB Type-C porti orqali to‘liq quvvatlantirishga uch soatdan kam vaqt ketadi.

Ushbu modelning yana bir ustun tomoni, bu  M-Pen Lite stilusidir.

Huawei MediaPad M5 Lite  sotuvga chiqarilgan, biroq  hozircha faqat Ukraina do‘konlarida sotib olish mumkin. Lekin yaqin kunlarda boshqa mintaqalarda ham sotuvga chiqariladi. Uning yaqin raqobatchilari sifatida  Lenovo Tab 4 10 Plus tilga olinmoqda. Bundan tashqari, hozircha faqat ikki variantini xarid qilish mumkin:  LTE-modemi bilan 3/16 GB'lisi yoki Wi-Fi versiyasida 4/64 GB lisini.

O‘QING:Qoyilmaqom Huawei P20 va P20 Pro flagmanlarini rasmiy videolarda tomosha qiling

Endi Huawei MediaPad T5 plansheti haqida: ushbu qurilmada ham  10.1-dyuymli IPS-panel (1920x1200 tochek) va  Kirin 659 chipsetidan foydalaniladi. Qimmat konfiguratsiyasi — 3 GB tezkor xotira va 32 GB ichki xotiraga ega. Qurilmaning yanada arzon modeli ham mavjud bo‘lib, u  2/16 GB. Kamerasi ikkita: 5-megapikselli asosiy kamera va videoqo‘ng‘iroqlar uchun old kamerasi 2 megapikselli. Wi-Fi 5 GGs’da ham ishlaydi, akkumulyator sig‘imi  5100 mAch bo‘lib,  Micro USB porti orqali quvvatlantirish mumkin. Korpusi metaldan, ikkita stereodinamigi bor.

Huawei MediaPad T5 planshetining muqobili sifatida esa 3/32 GB’li  Asus ZenPad 10 (Z301ML) tilga olinmoqda. U ham  4G LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING:Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!