Huawei MediaPad T3 10 plansheti tavsifi: ish va kundalik hayot uchun munosib tanlov

Huawei MediaPad T3 10 plansheti tavsifi: ish va kundalik hayot uchun munosib tanlov

Huawei kompaniyasi o‘zining ajoyib smartfonlari bilan bizni xursand qilib keladi, endi esa MediaPad T3 toifasidagi planshetlar seriyasini 8 va 10 dyumli displeylar bilan yangiladi. O‘lchamlar orasidagi sezilarli farq bo‘lishiga qaramasdan, bir qarashda bu ikki xil displeyli planshetlarni bir-biri bilan chalkashtirish mumkin. Yanada ekran atrofidagi ingichka romlar ajratib turadi. Ixcham metall korpus ichida yashiringan Snapdragon 425 va EMUI proshivkali Androidning Nougat talqini, shuningdek OCning yangi talqinga yangilanish imkoniyati – bularning bari Huawei MediaPad T3 10 qanday o‘rin olgan va qanday ishlaydi, ko‘ramiz.

Huawei MediaPad T3 10 texnik jihatlari

  • Ekran: IPS, 9,6", 1280 x 800, multitach
  • Protsessor: 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 425, 1,4 GGs
  • Grafik tezlatkich: Adreno 308
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat EMUI 5.1 proshivkali
  • Operativ xotira: 2 GB
  • Doimiy xotira: 16 GB
  • Xotira kartasini qo‘llab quvvatlash: microSD do 128 GB
  • Aloqa: GSM 850/900/1800/1900 MGs || UMTS 850/900/1700/1900/2100 MGs || LTE: 1, 3, 5, 7, 8, 19, 20, 38, 39, 40, 41
  • SIM: nano-SIM+nano-SIM (kombinatsiyalangan slot), Dual SIM Dual Standby (DSDS)
  • Simsiz interfeyslar: Wi­Fi 802.11 b/g/n (2,4 GGs va 5,0 GGs), Bluetooth 4.0
  • Navigatsiya: GPS, A-GPS, GLONASS, BeiDou
  • Kameralar: asosiy — 5 MP (avtofokus), frontal — 2 MP
  • Datchiklar: harakat, mikrogiroskop, akselerometr
  • Akkumulyator: 4800 mAs, olinmaydigan
  • O‘lchamlar: 229,8x159,8x7,95 mm
  • Og‘irlik: 460 gramm

Qadoq va jamlanma

Mazkur uskuna standart jamlanmaga ega bo‘lib, quvvatlash uskunasi, micro-USB kabeli, SIM/microSD uyachasini chiqarish «skrepkasi» va foydalanuvchi qo‘llanmasidan iborat.

Tashqi ko‘rinish

E’tiborni tortuvchi ilk jihat – devaysning uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlari. Bu jihatdan uni boshqa planshetlar bilan adashtirib qo‘yish mumkin va hatto 8 dyuymli uskunalar bilan ham devays jihatidan bir qaraganda o‘xshash bo‘lib tuyulishi mumkin. Displey atrofidagi romlarning ingichkaligi uskunaning ijobiy tomonlaridan biridir.

Frontal kamera va old paneldagi kompaniya logotipning joylashuvi uni gorizontal holda ishlatishga moslanganini bildiradi. Kamera, logotip va displey – old tarafda faqatgina shularni ko‘rasiz. Operatsion dastur virtual tugmalar yordamida boshqariladi.

Planshet korpusi alyuminiy metalidan tayyorlangan, orqa panelida antennaning ustki qismi esa plastik bilan qoplangan. Asosiy kameraning ob’yektivi orqa panelning deyarli burchagida joylashgan bo‘lib, uskuna qopqog‘i bilan bir tekislikda ishlangan, lekin cheti aylanasimon qayrilgan.

Yuqori qismida (planshetning gorizontal holatini hisobga olganda) mikrofon tuynugi, pastki qismida esa karnay panjarasi joylashgan. Chap tarafda micro-USB chiqish tuynugi, SIM-karta va microSD gibridi va quloqchin uchun 3,5 millimetrli chiqish tuynugi joylashgan. O‘ng tomonda esa ovoz boshqarish tugmalari va o‘chirib yoqish klavishi joylashgan.

Umuman olganda devays yoqimli taassurot uyg‘otadi. Rasmlarda ko‘rganingizdek, uskuna faqatgina kumushrangga ega. Kim uchundir bu rang ochiq bo‘lib tuyulishi mumkin.

Yana bir holat – dizayn elementlarining simmetrik joylashuvi: old tarafda kamera va logotipning, chapdagi chiqish tuynuklari va o‘ngdagi o‘chirib-yoqish tugmasi, pastdagi karnay panjarasi va yuqoridagi mikrofon.

Ergonomika

Devays stolda tekis va ixcham joylashadi va bu holatda dinamika va mikrofon tuynuklari yopilib qolmaydi. Uskuna chetlari aylanasimon qayrilganligi uni bir qo‘lda olish va ushlash imkonini beradi. Qo‘lda ushlaganda planshet toymaydi. Mexanik tugmalar sifatli ko‘rinishga ega. Korpus esa kuch bilan qayrilganda ham ovoz chiqarmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Alohida aytib o‘tish kerakki, bu planshetning vibratsiyasi yoqimli mayinlikka ega.

Ekran

T3 10 TFT IPS, 9,6" diagonalli va 1280x800 pikselli displey o‘rnatilgan. Bu uncha katta bo‘lmagan ppi ko‘rsatkichi (157) demakdir. Ammo uskunaga o‘rnatilgan HD protsessor maksimal sig‘imli ekranni taqozo qilgan.

Displey va ekran orasida havo bo‘shlig‘ining yo‘qligi sababli ko‘rish burchaklari yuqori. Ko‘rish burchagi o‘zgarganda ranglar buzilmaydi lekin sezilarli ravishda qorayishi kuzatiladi.

Tach-sensor bir vaqtning o‘zida o‘ntagacha teginishlarni sezadi.

Uskunada yorug‘lik datchigi yo‘qligi sabab yorug‘lik miqdorini qo‘lda sozlash kerak bo‘ladi. Quvonarlisi, sozlamalarda ikkita foydali funksiya bor: ultrabinafsha nurlardan himoya (jadval bo‘yicha yoqish mumkin) va rang harorati sozlamasi.

Interfeys

Uskuna firma tarafidan o‘rnatilgan EMUI 5.1 li OS Android 7.0 Nougat da ishlaydi. Bu dastur Huawei uskunalari qo‘llanuvchilari uchun juda yaxshi tanish. Operatsion dastur interfeysi oddiy Androiddan farqli ravishda yoqimli va ixcham ko‘rinishga keltirilib, qayta chizilgan.

Ekranning navigatsion klavishlarini qayta sozlash mumkin, to‘rtinchi klavishni qo‘shish imkoniyati ham bor. Bu esa tepadagi «parda»ni tushirish vazifasini bajaradi, natijada har safar «parda»ni tushirish uchun qo‘limizni ekranning yuqori qismiga olib borishdan qutulamiz.

Xohishga ko‘ra, kengaytirilgan imkoniyatlarga ega navigatsion klavishlar qo‘shimcha menyusidan foydalanish mumkin.

Dasturchi sozlamalarga ishchi ekran uslubi funksiyasini kiritgan. Bunda siz klassik Androiddagi kabi butun ilovalar uchun alohida ekran funksiyasi yoki ortiqcha menyuni o‘chirgan holda devaysga o‘rnatilgan barcha ilovalarni ishchi ekranda qoldirish funksiyasini tanlay olasiz.

Uskunada avvaldan o‘rnatilgan ilovalar juda ko‘p. Bular – Google, Yandeks xizmatlari, Microsoft, Facebook, Chrome va Opera brauzerlari. Buni qarangki, ortiqcha barcha narsalarni planshetdan muammosiz o‘chirish mumkin. Kutilmagan yangilik «Qo‘ng‘iroq» va «Xabar» ilovalari bo‘ldi. Agar uskunaga sim karta o‘rnatilgan bo‘lsa, u orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshira olamiz va SMS yozish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Biroq uskunada muloqot karnayi yo‘qligi sababli qo‘ng‘iroq paytida baland ovozli aloqa yoki simsiz garnitura (quloqchin) orqali gaplashishimiz mumkin.

Aytib o‘tish kerakki, proshivkadagi SMS ilovasi va boshqa matn uchun mo‘ljallangan maydonlar telefonlarga xos bo‘lgan ko‘rinishga ega: gorizontal holatda matn terganda klaviatura ustida faqatgina faol matn maydoni va «tayyor» tugmasi ko‘rinadi. Bu jihat unchalik omadli yechim emas. Ammo o‘zingiz qo‘shimcha yuklagan ilovalarda va messenjerlarda bunday muammo ko‘zga tashlanmaydi.

Muhim ilovalar jamlanmasi ham joyida: Galereya, klassik Windows interfeysli va fayllarni turiga qarab qulay saralash imkoniyatli fayl menejeri, tezkor tozalash imkoniyatli va uskunaning qo‘shimcha sozlamalariga ega «Telefon dispetcheri».

Proshivkada ikkinchi foydalanuvchi qaydini kiritish imkoniyati yo‘q, lekin farzandlaringiz uchun o‘zida o‘rnatilgan «Bolalar» ilovasi mavjud. Bu ko‘plab ota-onalar ehtiyoj sezadigan ilova bo‘lib, unda bolalar uchun mos bezatilgan foydalanuvchi makoni va ularning kirishi mumkin bo‘lmagan ilovalarni yopish va o‘yin ichi xaridlarni man qilish imkoniyatlariga ega.

Uskunaning ish samaradorligi

2019 yil uchun Huawei MediaPad T3 10 ning xususiyatlari oddiy tuyulishi mumkin: Qualcomm Snapdragon 425 protsessori – 1,4 GGs li to‘rtta Cortyex A53 yadrosi, Adreno 308 grafik tezlatkich va 2 Gb tezkor xotirasi mavjud. 16 Gb doimiy xotiradan foydalanuvchi ishlatishi mumkin bo‘lgani 7,4 Gb, lekin 128 Gb gacha microSD karta qo‘yish mumkin. Quyida uskuna sinov testlaridan qanday o‘tgani ko‘rsatilgan.

Bunday ko‘rsatkichlar planshetda o‘yin o‘ynash uchun yetarlimi, ko‘ramiz.

Doodle Jump DC Super Heroes: mikrogiroskop sezgirligi yuqori emas, bunday katta uskunani qo‘lda tezkor ravishda aylantirish noqulay tabiiyki, lekin xohish bo‘lsa o‘ynasa bo‘ladi.

Lara Croft: Relic Run: bilinar-bilinmas qotishlar bor, lekin bu Larani xazina izlashdan va mahluqlarni yo‘q qilishdan to‘xtatolmaydi.

World of Tanks Blitz: sozlamalarda kartaning o‘rtadan past bo‘lgan ko‘rsatkichiga qaramasdan o‘yinda hech qanday qotish, to‘xtashlar yo‘q, fpc 35-50 oralig‘ida.

Uskuna kartasida saqlangan videolar yoki internetdagi videolarni ko‘rilganda ham hech qanday muammo ko‘zga tashlanmadi. Media ovozi esa juda baland va tiniq.

Kamera

Ilova interfeysi EMUI proshivkasida klassik ilovaga nisbatan ancha takomillashgan, funksiyalarning ko‘pgina qismi va menyu ekranlari orasida o‘tish svayplar bilan boshqariladi.

Asosiy kamera matritsasi 5 Mp. Quyida turli sharoitlarda olingan tasvirlar keltirilgan.

HDR rejimi juda yaxshi ishlaydi, lekin yanada sifatli rasm uchun fokuslash nuqtasini qo‘l bilan boshqarish kerak.

HDR o‘chirilgan holat

HDR yoqilgan holat

2 MP li old kamera videoqo‘ng‘iroqlar uchun yaroqli, lekin sifatli tasvirga olishi va boshqa imkoniyatlari yana yaxshi bo‘lishi mumkin edi.

Simsiz interfeyslar

Uskunaning simsiz aloqa protokollari bilan ishlashida hech qanday muammo tug‘ilmaydi. Wi-Fi (2,4 GGs va 5 GGs), Bluetooth (4.0 talqini) va sim karta (LTE ga qadar) orqali aloqalar bir zaylda va ishonchli ravishda ishlaydi.

GPS, GLONASS va BeiDou sun’iy yo‘ldoshlari bir necha soniyalarda topiladi va ko‘zdan g‘oyib bo‘lmaydi, bu uskuna yoningizda ekan, notanish yerlarda yo‘qolib qolishingiz xavfi nolga teng degani.

Avtonom ishlash

Devaysdagi akkumulyator sig‘imi 4800 mAs ga teng. Displeyning sodda kichik sig‘imda ishlashini hisobga olsak bu ko‘rsatkich juda yaxshi avtonomlikni berish kerak. O‘rtacha ovozda maksimal yorug‘ ekranda 720p HD-video ko‘rganda batareya 6 soatga yetdi. O‘yinlarda esa ko‘rsatkich ancha baland: tanka o‘yini bir soat o‘ynalganda batareyadan atigi 15 foiz ketadi.

Xulosalar

Huawei MediaPad T3 10 planshetining texnik xususiyatlari uni flagman devayslar orasiga qo‘shish uchun kamlik qiladi. Uskuna kundalik hayotda ishlatish uchun mos va bunda kerak bo‘ladigan barcha imkoniyatlarni beradi. Tashqi ko‘rinish jihatidan har qanday qimmatbaho uskunalar bilan raqobatlasha oladi. O‘z narxiga nisbatan qoyilmaqom planshet.

Yutuqlari:

old kameradagi rasmlar sifatini yaxshiligi;

korpusning sifatli materiallardan tayyorlanganligi;

yoqimli vibratsiya

Kamchiliklari:

Displey sig‘imining pastligi;

Avtonom holatdagi ko‘rsatkichning ozligi.​

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 1 835 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.