Huawei mobil aloqaga mo‘ljallangan Watch 2 Pro'ni taqdim qildi

Huawei mobil aloqaga mo‘ljallangan Watch 2 Pro'ni taqdim qildi

Xitoyda Huawei kompaniyasi "aqlli soat"larning 2 modelini taqdim qildi. Soatlar innovatsion jihatlar hamda zamonaviy ruhdagi dizayni bilan o‘ziga xos.

Huawei Watch 2 Pro soati jihatlariga ko‘ra Watch 2'dan u qadar farq qilmasa ham, unda eSIM texnologiyasi joriy qilingan. Ya’ni, unga sim-karta o‘rnatmasdan turib mobil aloqa tarmoqlariga, jumladan 4G LTE tarmog‘iga ham ulanish mumkin.

Po‘lat korpus, ekran atrofini o‘rab olgan keramik hoshiya hamda Italiyada tayyorlab keltirilgan charm band soatga nihoyatda jozibador hasham bag‘ishlab turibdi. Porsche Design versiyasi esa brend logotipi va yonlari qizil bahyali band bilan ajralib turadi. Soat ekrani Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Har ikkala versiyada ekran 1,2 dyuymli va AMOLED matritsali, ulardagi piksellar sig‘imi 390x390 pikselli. Soatlarda Qualcomm Snapdragon Wear 2100 chipi, 768 MB tezkor va 4 GB doimiy xotira, 420 mA soat sig‘imli batareya (bir quvvat bilan 1.5 kun ishlaydi) o‘rnatilgan. Ular Android Wear 2.0 operatsion tizimi boshqaruvida ishlashadi.

Huawei Warch 2 Pro'da GPS, Beidou, NFC, IP68 himoya tizimi mavjud.

Huawei Warch 2 Pro va uning Porsche Design versiyasi qimmatbaho smart-vochlar turkumiga kiradi. Huawei Watch 2 Pro modeli $390 dollardan 1 noyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Porsche Design varianti esa deyarli $750 dollardan 15 noyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!