Huawei’ning betakror romsiz slayderi – Honor Magic 2 taqdimot kuni ma’lum!

  •   DiMaX
  •  762
  •  10.10.2018 10:46

Huawei’ning betakror romsiz slayderi – Honor Magic 2 taqdimot kuni ma’lum!

Xitoylik texnogigant 2016 yili Honor Magic rusumli smartfonni taqdim etgan edi. U bir qator jihatlari bilan o‘z davridagi boshqa «aqlli» telefonlardan ajralib turadi.

O‘QING: Yon ekranli Honor Magic: AMOLED ekran va intellektual funksiyalar

 Huawei endi uning ikkinchi avlodi – Honor Magic 2 modelini tayyorladi. Uning joriy yilning avgust oyi oxirida – IFA 2018 ko‘rgazmasida ko‘rsatgan, ammo xususiyatlarini aytmagan. Ma’lum bo‘lgani shuki, yangi smartfon butkul romsiz va «o‘yiq»siz displeyga ega. Old kameralar esa korpusning yuqori qismidan surilib chiquvchi modulga joylashtirilgan. Uning ishlash mexanizmi Oppo Find X flagmanidagiga o‘xshash.

Kuni kecha chiqqan rasmiy xabarga qaraganda, Honor Magic 2 taqdimoti 31 oktyabrda – kompaniyaning Mate 20 hamda Mate 20 Pro flagmanlari namoyishidan ikki hafta keyin bo‘lib o‘tadi.

Flagmanlari singari, mazkur gadjet ham Huawei’ning o‘z ishlanmasi – ilg‘or HiSilicon Kirin 980 protsessoriga tayanadi. U 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan va «sun’iy ong» funksiyalari bilan boyitilgan. Taxminlarga ko‘ra, Honor Magic 2 displeyda joylashgan barmoq izi skaneriga, uch modulli kameraga va 40 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Honor Magic 2 narxi hozircha noma’lum, ammo xitoylik texnogigantning bir qator smartfonlarini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda, onlayn tarzda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Huawei’dan syurpriz: u ham o‘yinbop smartfon – Mate 20X flagmanini tayyorlabdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!