Huawei’ning “eng chiroyli smartfoni” – Honor 8’ning narx-navosi ma’lum qilindi 

Huawei’ning “eng chiroyli smartfoni” – Honor 8’ning narx-navosi ma’lum qilindi 

Yaqindagina o‘ta innovatsion 5.7 dyuymli Quad HD displeyiga ega Honor V8 fabletini taqdim qilgan Huawei endi mazkur qurilmaning kichkina talqinini smartfon bozoriga chiqarmoqchi.

Xitoy internet nashrlarining ma’lum qilishicha, shu vaqtga qadar shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Huawei Honor 8 smartfoni joriy yilning 5 iyul kuni rasman foydalanuvchilar diqqatiga taqdim etiladi. Bu Huawei kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan xabar ekani aytilmoqda.

Har oyda yangi bir mobil telefon taqdim qilayotgan tinib-tinchimas kompaniyaning ma’lum qilishicha, Huawei Honor 8 shu vaqtga qadar kompaniya taqdim qilgan mobil aloqa vositalari orasida eng chiroyli va nafis korpusli gadjet bo‘ladi.

Huawei Honor 8’ning korpusi metall va shisha uyg‘unligida ishlab chiqariladi. Ekran o‘ta nafis va nozik rom bilan o‘rab olinadi.

Huawei mate 8

Huawei mate 8

“Aqlli telefon” 5.2 dyuymli displey, yagona kristal tizimli, 8 yadroli, 2,5 GGs chastota tezligida ishlaydigan Kirin 955 protsessori, 1,8 GGs.li Cortex-A53 grafik-tavsir protsessori, 4 GB operativ xotira bilan ta’minlanadi.

Telefon apparati Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining moslashtirilgan EMUI 4.1 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gadjet displeyi ikki talqinda, ya’ni Full HD (1920 × 1080 piksel sig‘imli) hamda Quad HD (2560 × 1440 pikselli) versiyalarda ishlab chiqariladi.

Huawei Honor 7

Huawei Honor 7

3200 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatorda tezkor quvvat olish texnologiyasi tatbiq etiladi.

Honor 8 modelining 32, 64 va 128 Gbayt sig‘imli doimiy ichki xotiradagi talqinlari ishlab chiqariladi.

Smartfonning bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lib,  12 Mp sig‘imli suratlar olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Selfi-s’yomka uchun telefonga 8 MP sig‘imli old kamera o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, unda barmoq izlari skaneri, boshqa zamonaviy sensorlar hamda USB-C turidagi port, infraqizil port kabi innovatsion jihatlar joriy qilingan.

Narx-navo:

4 GB tezkor va 32 GB doimiy ichki xotiraga ega talqin (NFC texnologiyasi tatbiq qilinmagan) — $308 dollar.

4 GB tezkor va 32 GB doimiy ichki xotiraga ega talqin — $334 dollar.

4 GB tezkor va 64 GB doimiy ichki xotiraga ega talqin  — $380 dollar.

4 GB tezkor va 128 GB doimiy ichki xotiraga,  2K texnologiyasi ega displey  talqin— $425 dollar.