Huawei Nova 10 Pro jonli suratlarda

Huawei Nova 10 Pro jonli suratlarda

Huawei kompaniyasi kelayotgan iyul oyi boshida o'zining Huawei Nova 10 seriyasidagi yangi mobil qurilmalarini taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, taqdimotga qadar Internetda bo'lajak smartfonlarning jonli suratlari va texnik xususiyatlari allaqachon tarqatib yuborildi.

Huawei Nova 10 Pro jonli suratiga qaraydigan bo'lsak, smartfon orqa kamerasi bloki renderdagidan ko'ra biroz kattaroq ko'rinadi. Afsuski, qurilma 5G emas. Unga Snapdragon 778G chipseti o'rnatilgan bo'lib, u ikki xil: 8/128 va 8/256 GB varianlarda taqdim qilishini mumkin. Old tomonidan telefon 6.67 dyuymli, 120Hz yangilanish tezligiga ega OLED displey bilan jihozlangan. Uning chap yuqori burchagida joylashgan uzunchoq tirqish ichida ikki xil kamera sensorlari mavjud, biri 60MP (f/2.4) ultra-keng, ikkinchisi 8MP (f/2.2) portret. Orqa tomonidagi kameralarning asosiysi 50MP (f/1.8) bo'lsa, qolgani 8MP (f/2.2) ultra-keng va qo'shimcha chuqurlik sensoridir. Harmony OS 2 operatsion tizimida ishlaydigan qurilmaning 4,500 mAh batareyasi 100W tezlikda quvvatlanadi.

Oddiy Huawei Nova 10 modeli ham Pro variantdagisidan qolishmaydi. U Pro modeldan 4,000 mAh batareyaga egaligi va u 66W tezlikda quvvatlanishi, shu bilan birga, portret selfi kamera yo'qligini va o'lchami biroz kichikligini bilan farq qiladi.

Mish-mishlarga ko'ra, Huawei Nova 10 smartfonlari 4-iyul kuni chiqarilishi mumkin.

O'QING: "Solana Saga" laqabli Osom OV1 smartfoni

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!