Huawei o‘rta narxli nova 2s'ni taqdim qildi

Huawei o‘rta narxli nova 2s'ni taqdim qildi

Huawei kompaniyasi o‘zining taniqli "nova" turkumini yana bir qiziqarli gadjet bilan boyitdi. nova 2s deb nomlangan mazkur devays dizayni va jihatlariga ko‘ra safdoshlaridan tubdan farq qiladi.

Smartfonning orqa paneli shishadan ishlangan. Unga 6,0 dyuymli, 18:9 standartidagi, piksel sig‘imi 2160 x 1080 belgiga teng ekran o‘rnatilgan. Kompaniya muhandislari barmoq izi skanerini displey ostidagi "Home" tugmasiga joylashtirganlar.

Gadjetga yetarli darajada samarali Kirin 960 chipi, 4 yoki 6 Gb "operativka", 128 Gb sig‘imli (shunday xotira sig‘imiga ega o‘rta narxli ilk apparat) doimiy xotira o‘rnatilgan.

Huawei nova 2s'ning kamerasi sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi: qo‘sh sensorli bosh kameraning biri 16 Mp (monoxrom), ikkinchisi 20 Mp (RGB) modulga ega bo‘lgan. Old kamera ham qo‘sh sensorli: 20 Mp va 2 Mp. Smartfondagi akkumulyatorning tok sig‘imi 3340 mA soat.

Huawei nova 2s qadoqdayoq Android 8.0 Oreo'ning o‘zlashtirilgan EMUI 8 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Huawei nova 2S yaqin fursat ichida tekor xotira talqinidan kelib chiqib (4/6 Gb) $410 va $455 dollardan sotuvga chiariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!