Huawei nova 6'ning ba’zi jihatlari ma’lum bo‘ldi

Huawei nova 6'ning ba’zi jihatlari ma’lum bo‘ldi

5-dekabr kuni sotuvga chiqishi kutilayotgan Huawei nova 6 smartfoni VMall.com saytida paydo bo‘ldi.Huawei tomonidan yuritiluvchi ushbu onlayn do‘konda yangi gadjet to‘rtta rang va ikkita xotira varianti: 8GB/128GB va 8GB/256GB da ko‘rsatib o‘tilgan.Smartfon 4G va 5G versiyalarida sotuvga chiqariladi. Saytdagi ro‘yxatga ko‘ra, 4G versiya faqat 128GB xotira variantida qora, ko‘k va ko‘k-binafsha ranglarda mavjud bo‘ladi. O‘z navbatida, 5G opsiyasi ham 128GB, ham 256GB xotiraga ega bo‘lib, qizil rangli korpusda ham taqdim etiladi.Ushbu ro‘yxatda Huawei nova 6'ning texnik xususiyatlari mavjud emas, ammo rasmlar smartfonning yuqori qismida 3,5 mm audio jek va o‘ng tomonida ovoz balandligini boshqarish va (barmoq izi skanerili) quvvat tugmalari mavjudligini ko‘rsatmoqda.Bundan tashqari, yangi renderlardan ko‘rinib turibdiki, orqa kameralar yoniga "AI Camera | Tele OIS" deb yozib qo‘yilgan. Bundan tushunish mumkinki, kamera linzalari sun’iy ongga ega, telefoto kamerasida esa OIS xususiyati mavjud.Huawei hozircha nova 6'ning to‘liq texnik xususiyatini rasman oshkor qilmadi, ammo kompaniya smartfon old panelida 32 megapikselli kamera va unga qo‘shimcha 8 megapikselli ultra keng burchak kamerasi bilan jihozlanganligini tasdiqladi.nova 6 bir necha kun oldin Geekbench testidan ham o‘tgandi. Benchmark devaysning asosiy xususiyatlari — Kirin 990 chipi, 8GB tezkor xotirasi va Android 10 operatsion tizimini ko‘rsatib bergan.

O‘QING: Huawei nova 6 32MP selfi kameraga ega bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!