Huawei nova 9'ning narxi hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Huawei nova 9'ning narxi hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

21 oktabr kuni Huawei kompaniyasi Vena shahrida katta tadbir o‘tkazadi, uning doirasida kompaniya Yevropa bozori uchun nova 9 va nova 8i smartfonlarini taqdim etadi. Amazon'ning Yevropadagi filiali smartfon narxini oshkor qildi. Smartfon 9 noyabrdan sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Yangi Honor 50 smartfoni Google servislariga ega bo‘ladi 

8/128GB xotira turiga ega bo‘lgan nova 9 smartfonining narxi 500 yevroni tashkil qiladi. Qurilma MIUI 12 garfik qobig‘ida ishlaydi hamda Google servislariga ega bo‘ladi.

Yevropa bozori uchun ishlab chiqariladigan smartfonlar MIUI tizimida ishlasa, Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan modellar HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydi. 

Shuningdek, smartfonning texnik jihatlari ham ma’lum bo‘ldi. Qurilma 6,57 dyuymli 120Hz OLED displeyi, 50, 8, 2 va 2 megapikselli kameralar, 4300 mAs sig‘imli akkumulyator, 66 Vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Smartfon korpusining qalinligi 7,7 millimetrni tashkil qiladi. 

O‘QING: Snapdragon 898 chipi bilan jihozlanadigan Huawei Mate 50 smartfoni 2022 yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!