Huawei nova 9'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei nova 9'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei nova seriyasi ajoyib dizayn ko‘rinishi bilan asosan yoshlarni o‘ziga jalb qila oladi. nova 9'ning oddiy hamda Pro versiyasilari mavjud. Pro versiya oddiy versiyaga qaraganda kattaroq displey, tezkorroq quvvatlanish imkoniyati hamda ikkita selfi kameraga ega. Biroq faqat nova 9 smartfoni xalqaro bozor uchun ishlab chiqariladi, uning Pro versiyasi esa Xitoy bozorida sotiladi xolos. 

O‘QING: vivo X70 Pro+'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Agar ikki smartfonni taqqoslasak, ikkilasining ayrim texnik jihatlari hamda funksiyalari o‘xshashligini sezish mumkin, biroq nisbatan arzonroq bo‘lgan nova 9 smartfoni Pro versiyaga qaraganda yaxshiroq tanlov bo‘lib ko‘rinmoqda. 

Huawei nova 9'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 160.0x73.7x7.8mm, 175g; old panel shisha, orqa panel shisha, plastik rom. 

> Displey: 6.57 dyuyimli OLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10, 1080x2340 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 392ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM7325 Snapdragon 778G 4G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 670 & 4x1.8 GHz Kryo 670); Adreno 642L. 

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB.

> Dasturiy ta’minot: HarmonyOS 2.0 (Xitoy), EMUI 12 (Xalqaro), Google servislari mavjud emas. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.9, 23mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2; Makro: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 32MP, f/2.0. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K, 1080p, 720p@960 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, 720p@240 kadr/sek, gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 4,300 mAs; 66 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% - 38 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC. 

499 yevro evaziga nova 9 smartfoni 6.57 dyuymli 120Hz OLED displeyi, Snapdragon 778G chipi, 50MP asosiy kamera, 4,300 mAs akkumulyator, 66 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasini taqdim etadi. 

Huawei va AQSh o‘rtasidagi muammolar sabab smartfonda Google mobil servislari bo‘lmaydi. Bu esa xalqaro bozordagi xaridorlarning ushbu smartfonni sotib olish ehtimolini keskin pasaytirib yuborishi turgan gap. 

Huawei kompaniyasining HarmonyOS operatsion tizimida ko‘plab mahalliy ilovalar mavjud. Undagi Petal qidiruvi orqali ko‘plab uchinchi tomon ilovalarini smartfonga yuklab olish imkoniyati yaratilgan. 

Qadoq tarkibi 

Qutida smartfon bilan birga 66 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

O‘QING: realme GT Neo2'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!