Huawei Nova Plus: yoqimli yangilanishlar bilan

Huawei Nova Plus: yoqimli yangilanishlar bilan

Yangilik unutilgan eskilikdir, degan gap bor. Berlindagi IFA 2016 da namoyish qilingan Huawei Nova Plus smartfoniga aynan shu fikrni qo‘llash mumkin. Chunki apparatga yangicha nom berilgani bilan barcha jihatlar ko‘ra, G turkumidagi qurilmalarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Huawei kompaniyasining yangi mahsuloti ideal darajada tayyorlangani, metall korpusi va hamyonbopligi bilan hurmat qozonishi mumkin. Quyida mazkur “yangilik” va uning texnik imkoniyatlarini nigohdan o‘tkazamiz.

Huawei Nova Plus smartfonining texnik tavsifi 

  • Ekran: 5,5″ IPS 1080×1920
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 625 MSM8953 2.0 GGs
  • Grafik tezlatgich: Adreno 506
  • Operatsion tizim: Android 6.0
  • Operativ xotira: 3 GB
  • O‘rnatma xotira: 32 GB
  • Xotira kartasini qo‘llashi: microSD, microSDHC, microSDXC
  • Aloqa: GSM 850/900/1800/1900 || UMTS 850/900/1900/2100 || LTE 3, 7, 20
  • SIM: nano-SIM + nano-SIM (kombinatsiyalashgan slot)
  • Simsiz interfeyslar: Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.1, NFC
  • Navigatsiya: GPS, GLONASS
  • Kameralar: asosiy — 16 Mp (avtofokus, chaqnoq (vspishka), old kamera — 8 Mp
  • Datchiklar: yoritilganlik, yaqinlashtirish, akselerometr, mikrogiroskop, raqamli kompas, barmoq skaneri
  • Akkumulyator: 3340 mAs
  • Gabaritlari: 75,7×151,8×7,3mm
  • Vazni: 160 gramm

Quti va komplektatsiya

Huawei Nova Plus tilla rangdagi bejirim yozuvli chiroyli qutiga joylangan. Apparat quti ichidagi maxsus chuqurchaga o‘rnashtirilgan. Kartonli pardevor ostida esa aksessuarlar joylangan. Komplekt tarkibidan sim kartani chiqaruvchi lotka, USB Type-C kabeli, quvvatlash adapteri va firma quloqchinlari o‘rin olgan. Umuman olganda, bir smartfon uchun neki joiz bo‘lsa, barchasi mavjud. Xavotirga hojat yo‘q.

Tashqi ko‘rinish

Qurilmaning tashqi ko‘rinishi bejirim: old panelda suyrisimon oyna, mustahkam alyumin korpus va chiroyli dizayn. Kompaniya sinovdan o‘tgan avvalgi dizayndan voz kechmagan. Biroq ekran chetiga qalin qora ramka tortish bilan “nimadir” qo‘shishga harakat qilgan. Korpus rangi qora-kulrang, kumushrang va tillarang.

Kompaniya o‘z nomini ekran “peshonasi”ga emas, balki quyi qismiga yozgan. Yuqori qismdan esa dinamik va frontal kamera o‘rin olgan. Dasturlar interfeysini boshqarish tugmasi ekrandagi qulf ochilgandan so‘ng, “bo‘y ko‘rsatadi”.

Smartfonning yon tomoni juda yassi bo‘lib, “qovurg‘a” ajoyib tarzda silliqlangan.

Orqa panelda bir oz nishablik bor. Yuqori va pastki qismdagi vstavka plastikdan va asosiy rangdan sezilar-sezilmas  farqli.

Asosiy kamera korpusdan taxminan millimetr uzunlikda bo‘rtib chiqqan. Uning ostiga joylangan barmoq skaneri esa barmoq tekkizilganda korpusda qariyb sezilmaydi.

Doimiy funksiyalardan tashqari datchik bir necha orginal vazifalarni bajaradi. Ya’ni galereyadagi fotografiyalarni “varaqlab ko‘rish”, budilnikni yoqish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, xabarnomalarni ochish, yopish va barchasini o‘chirish uchun sensorli panel sifatida ishlatish mumkin. Qizig‘i, buning uchun barmoq skaneridan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi va istalgan barmoq bilan bu ishlarni amalga oshirish mumkin. Bunga, xavsizlik nuqtai nazaridan, mutloq baho berish qiyin. Chunki foydalanuvchilardan kimgadir bu ma’qul kelishi va kimgadir yoqmasligi turgan gap.

Smartfonning tagida USB Type-C uchun g‘ovak va uning ikki yonida dinamik panjaralari hamda ikkita ingichka antenna chiziqlari joylangan. Quloqchin uchun maxsus teshik apparatning “tomi”da.

 

Karta uchun maxsus lotok smartfonning chap “biqin”iga biriktirilgan. Konstruksiya ikki xil xizmatni o‘taydi. Ya’ni unga ikkita nano-SIM yoki bitta nano-SIM va bitta xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

O‘ng “biqin”idan smartfonni o‘chirib-yoqish va ovozni boshqarish tugmachalari o‘rin olgan.

 Ergonomika 

Huawei Nova Plus — bir muncha toyg‘oq smartfon. Qo‘lga olganda ehtiyotkorlikni oshirmasa bo‘lmaydi. Uni ushlaganda qo‘lingiz haqiqiy vazmin smartfonni his qiladi: 160 grammlik ideal darajada tayyorlangan, mustahkam qurilma.

Boshqaruv elementlari qulay joylashtirilgan — o‘ng qo‘l bilan tutilganda, ko‘rsatkich barmog‘ingiz “skaner”ga tushadi. Bosh barmoq esa yoqish tugmachasiga joylashadi. Tez va qulay.

Ekran

Qurilma 5,5-dyuym 1080×1920 o‘lchamli sensor IPS-ekranga ega bo‘lib, bir vaqtdagi 10 tagacha urinishni his qiladi. Displey tuli chizilishlardan himoya qiluvchi qayrilma oynadan va unda yaqqol sezilib turadigan kamchiliklar yo‘q. U qariyb ideal darajada. Yuqori ko‘rsatkichli zichlik — 401 ppi — tavsirlardagi yorqin aniqlikni taqdim etadi. Xatto undagi yorqinlik kunduz kunlari ham bemalol ma’lumotlar o‘qish imkonini beradi.

 

Unda bir necha dasturiy “fich” (o‘ziga xoslik) bor: rasmlar kattaligining turli rejimlari va rang harorati sozlamasi. Bu ko‘zlarni yorqin ranglarning salbiy ta’siridan himoya qilishda ishlatiladi.

10a 10b 10c

Interfeys

Huawei Nova Plus smartfoni Android 6.0 tizimida ishlaydi. Bir necha o‘yin va zaruriy ilovalar (WPS Office, Booking.com, Facebook va Twitter) to‘plami o‘rnatilgan.

Huawei`ning xos klaviaturasi uncha qulay emas, ya’ni tilni tanlamoqchi bo‘lsangiz, menyu orqali amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Qolganlar yaxshi—tez harf terish mumkin. Bordiyu doim tilni almashtirib vaqtdan yutqazmay desangiz, sozlama orqali Google`dan standart klaviaturaga o‘zgartirib qo‘yish mumkin.

Biroq firmaning xos klaviaturasining ham o‘ziga yarasha qulayliklari bor: uni ekranning o‘ng yoki chap tomoniga joylashtirish orqali bir qo‘lda harf terish uchun o‘zingizga qulaylashtirib olsangiz bo‘ladi.

Sozlamadan virtual boshqaruv tugmachasini yoqish mumkin. Bu «Menyu», «Ortga» va «Uyga» singari funksiyalar, shuningdek, qulflash va ochilgan ilovalarni tezkor o‘chirib yuborish singari amallarning ekvivalentidir.

Apparatning ishlashi

Huawei Nova Plus flagman darajasida bo‘lmasa-da, imkoniyatlari hamyonbop degan nisbatga ham yaqin emas. Smartfonga sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 625 (MSM8953, 2 GGs) chipi o‘rnatilgan. 3 GB operativ xotira Android`ning yaxshi tempda ishlashi uchun yetarli. Ichki saqlovchining hajmi 32 GB.

Ishlatish chog‘ida qurilma o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi: tizim bir me’yorda va tez ishladi. Hech qanday kichik tormozlanishlarsiz.

Huawei Nova Plus o‘yinlar chog‘ida ham juda samarali: amaliy jihatdan qotish kuzatilmadi. Yagona muammo—korpusning tez qizib ketishi, deyish mumkin.

Huawei Nova Plus smartfonining AnTuTu va 3DMark benchmarklaridagi natijalari:

Komplektdagi quloqchinlarda ovoz sozlash va mikrofon klavishlari mavjud va quloqqa juda mustahkam o‘rnashadi. Uni nafaqat garnitur sifatida, balki qo‘shiq tinlash uchun ham yaxshi sifatda. Bordiyu siz audiofil bo‘lmasangiz, Huawei Nova Plus smartfonining xos quloqchinlari bilan miriqib musiqa tinglashingiz mumkin. Yagona kamchiligi—musiqa shovqinli: o‘rtacha balandlikdagi ohang atrofdagilarga ham eshitiladi.

Kamera

Huawei Nova Plus smartfoniga 16-megapikselli firmaga xos barcha rejimlarga ega kamera o‘rnatilgan. Oddiy rejimdagi suratlar sifati ham yaxshi. Suratga olish tezligi sizni hafa qilmaydi. Faqat yaqin masofadagi ob’yektga fokus olishi uchun bir lahza kutish kerak bo‘ladi.

Ko‘chadagi suratlar:

Kamera ko‘chada suratga olganda yoki yorg‘ulik yetarli darajada bo‘lmagan bino ichida bu amal bajarilsa, ranglarni yaxshi uzatadi. Biroq tunda avtomatik ekspozitsiya doim ham ideal darajada ishlamaydi. Surat ba’zan chaplashib ketishi mumkin.

Bino ichida shunday suratga oladi:

Panoramali surat:

Huawei Nova Plus selfisi sal qorong‘uroq chiqadi. Aniqlik borasida muammo yo‘q. Old kamera 8 Mp ekanini ham aytish joiz.

Simsiz interfeyslar

Huawei Nova Plus smartfonining navigatsion qismi quvonarli darajada: GPS moduli tez ishga kirishadi va darhol sun’iy yo‘ldosh ko‘magi bilan turgan joyni aniqlashga erishadi.

Huawei Nova Plus`da Wi-Fi (802.11 b/g/n, 2,4 GGs) va Bluetooth`ning to‘rtinchi avlodi o‘rnatilgan. Shuningdek, unda qurilmalararo fayllar yoki axborotlar almashish imkonini beruvchi NFC datchik ham mavjud.

Avtonom ishlash 

Huawei Nova Plus smartfonining akkumulyatori quvvati 3340 mAs bo‘lib, 8 soatu 10 daqiqa to‘xtovsiz video tomosha qilish uchun yetadi. Kun davomida bemalol ishlatish mumkin. To‘la batareya kunlik internetdan foydalanish, musiqa tinglash va fotografiya tomosha qilish imkonini beradi. Tejamkor rejimda quvvat ikki kunga ham yetishi mumkin.

Huawei Nova Plus smartfoni o‘yin chog‘ida soatiga 17–20 foiz quvvat sarflaydi. Demak, bemalol 5 soatga yaqin o‘yindan rohatlanish mumkin.

PCMark sinovida batareyaning natijalari:

Sozlamada bir necha energiyatejamkor rejimlar bor — samarali (unda to‘la quvvat bilan ishlaydi), aqlli (protsessor va tarmoqqa sozlanadi) va energiyatejamkor (faqat chaqiruv funksiyalari va xabarlar almashuv uchun). So‘nggi rejimni batareyaning quvvati juda oz qolganda ishlatish mumkin va bunda energiya ikki marta kam sarflanadi.

Xulosa

Ajoyib ekran, sifatli metall korpus va benchmarklardagi yaxshi ko‘rsatkichlar  bilan Huawei Nova Plus smartfoni Huawei G turkumiga xos qurilmalar an’nalarini davom ettirganini anglatadi. U texnik tavsifi va dizayniga ko‘ra ham juda yaxshi. Faqat gibrid slot, o‘yin paytida korpusning qizishi bir oz ko‘ngilni xira qilishi mumkin. Lekin bu hamma uchun ham juda katta ahamiyatga ega jihat emas.

Nisbatan kuchli protsessor yoki dasturiy taminotning optimallashtirilishi tizimlar ishlash tezligini oshirgan bo‘lardi. Shunday bo‘lsa-da, Huawei Nova Plus smartfonining foydalanish uchun juda qulayligini e’tirof etish joiz. A’lo kamera va tezkor daktiloskopik datchikning qo‘shilishi esa qurilmaning yanada jozibali bo‘lishini ta’minlagan.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!