Huawei o‘zining xaritalash xizmati ustida ishlamoqda

Huawei o‘zining xaritalash xizmati ustida ishlamoqda

Huawei, AQSh taqiqidan so‘ng, Google xizmatlariga qaramlikni kamaytirish maqsadida o‘zining xaritalash xizmati ustida ishlayotganligini rasman tasdiqladi. Hozirgi vaqtda kompaniyaga AQSh texnologiyalaridan maxsus ruxsatisiz foydalanish taqiqlangan va shundan kelib chiqib, Huawei Google Maps'ni chet el telefonlarida ishlata olmaydi.

Shunday qilib, Huawei'ning Map Kit nomli xarita xizmati ishga tushadi. Biroq bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilar uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu xarita uchinchi tomon dasturchilari navigatsiya tizimlarini ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin bo‘lgan Ilova yaratish interfeysi (API) sifatida xizmat qiladi.

Map Kit butun dunyo bo‘ylab 150 mamlakat va mintaqalardan ma’lumotlarni to‘plashi mumkin. Huawei xaritalash sohasida yangi bo‘lsada, 160 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan telekommunikatsion baza stansiyalari xaritalar tarmog‘ini tez va oson yaratishga yordam beradi.

Kompaniya iste’mol biznesi guruhi Bosh ijrochi direktori Richerd Yuning aytishicha, Map Kit yo‘nalishni o‘zgartirish nuqtalari, to‘ldirilgan reallikli yo‘nalishlar, shuningdek, real vaqt rejimidagi yo‘l harakati ma’lumotlari kabi ba’zi murakkab xususiyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Map Kit 40 ta tilda ishlaydi, bu esa uning ommalashuviga xizmat qiladi.

Ushbu masala bilan tanish manbalarning ta’kidlashicha, Rossiyaning xaritalash va internet servis provayderi Yandex hamda AQShning Booking Holdings kompaniyalari ushbu xaritalash xizmatiga qiziqish bildirgan ilk hamkorlardandir.

Oktyabr oyida ushbu tashabbus haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin.

O‘QING: Redmi hamda Huawei smartfonlarining yurtimizga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.