Huawei P Smart Pro'ning xususiyatlarini Google ochiqladi

Huawei P Smart Pro'ning xususiyatlarini Google ochiqladi

Google'ning Enterprise listing (Korxonlar ma’lumotlar bazasi)da Android OTda ishlovchi smartfonlar ro‘yxati mavjud. Ba’zi hollarda smartfonlar haqidagi ma’lumot ular taqdim qilinishidan oldin ushbu bazada paydo bo‘ladi. Hozirgi vaziyatda esa, ikki kun ichida ikkita smartfon bazada oshkor qilindi. Google kecha Huawei nova 5T, bugun esa Huawei P Smart Pro smartfonlari haqidagi sirlarni ochib qo‘ydi.

Listingda ma’lum qilinishicha, Huawei P Smart Pro 4GB operativ xotira, 64GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Google, shuningdek, smartfonning bir dona old tomon rasmini ham ro‘yxatda ko‘rsatgan. Afsuski, ochiqlangan bor ma’lumot shugina xolos.

P Smart bilan ekran kattaligi borasidagi tafovut ham katta. Yangi smartfon ekrani 6,5 dyuymli bo‘lsa, P Smart'ning displey hajmi 5,65" edi. Bundan tashqari, eski model Kirin 659 chipida ishlar edi, ushbu Pro versiyaga esa yangi Kirin 810 o‘rnatilishi mumkin.

Yuqori qismdagi rom ingichkaligidan kelib chiqib aytish mumkinki, P Smart Pro — Honor 9X va Honor 9X Pro'lar kabi — pop-up kamera platformasiga ega bo‘lishi mumkin.

Qurilma bir necha hafta ichida taqdim qilinishi kerak. Shunda bilmagan barcha ma’lumotimizni bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Mate 30 Pro "qo‘lga tushdi"!