Huawei P20 Lite smartfoni tavsifi: flagmanlarga munosib raqib

Huawei P20 Lite smartfoni tavsifi: flagmanlarga munosib raqib

O‘tgan yilning yozida Huawei P20 Pro smartfoni foydalanuvchilarning qizg‘in muhokamalari, e’tiroflariga sazovor bo‘ldi. Biroq aynan u taqdim etilgan vaqtda yana bir smartfon — Huawei P20 Lite taqdimoti ham o‘tkazilgan edi. Aytish joizki, bu model o‘zining qiziqarli texnik jihatlari o‘rta darajadan yuqori ekani va kamtarona narxi bilan e’tibor qozona oldi.

Texnik jihatlari

  • Model: Huawei P20 Lite (ANE-LX1)
  • Platforma: Android 8.0, EMUI 8
  • Protsessor: SoC HiSilicon Kirin 659, 8 yader Cortex-A53 (4@2,36 GGs + 4@1,7 GGs)
  • Grafik chip: GPU Mali-T830 (MP2)
  • Tezkor xotira (RAM): 3/4 GB
  • Doimiy ichki xotira: 32/64 GB
  • Xotirani kengaytirish bo‘lmachasi: MicroSD (256 GBgacha)
  • SIM-karta: 2 dona (Nano-SIM)
  • Displey: IPS 5,84″, 2280×1080, 432 ppi
  • Interfeyslar: LTE, Wi-Fi, Bluetooth, NFC, GPS, A-GPS, Glonass, BeiDou
  • Datchiklar: tashqi yorug‘lik datchigi, kompas/magnitometr, giroskop, oraliq-masofa datchigi, barmoq izi sensori va qadamlar datchigi
  • Orqa kamera: 16 + 2 Mp, f/2,2, avtofokus, fokus masofasi – 26 mm, video 1080p
  • Selfi-kamera: 16 MP, f/2.0, fokus masofasi 27 mm, avtofokus yo‘q
  • Akkumulyator: Li-Pol 3000 mAs
  • Rang: qora, ko‘k
  • O‘lchamlari: 149×71×7,4 mm
  • Vazni: 145

Dizayni

Smartfon katta «akasi» Huawei P20 modeliga qariyb o‘xshash jozibador dizaynli shisha korpusga ega bo‘ldi.

Orqa shisha oynasifat qatlamga ega bo‘lib, unda o‘z aksingizni ko‘rishingiz mumkin. Tashqi tomondan hech qanday e’tirozlar uyg‘otmasligi aniq: uskuna unchalik katta emas, o‘z narxiga nisbatan qimmatroq ko‘rinadi ham.

Yon tomonlari shisha emas, ular jilosiz metaldan tayyorlangan, bir oz dag‘alroq va barmoqlardan sirg‘alib ketmaydi. Uni himoya jildisiz ham olib yurish mumkin.

Asosiy kameralar moduli orqa chap tomonga joylashtirilgan, ular ostidagi chaqnoq yetarlicha yorug‘lik tarata oladi. Barmoq izi skaneri markazda, u bir oz botiqroq va paypaslab topishga oson. Skanerning ishlashiga e’tirozlar yo‘q, smartfon egasi puxtalik bilan aniqlaydi.

Old panel to‘liq himoya shishasi bilan qoplangan. Qo‘shimchasiga, har ikki tomon ham oliofob qoplamaga ega bo‘lib, barmoq izi va dog‘lar qoldirmaydi. Ekranning yuqorisida selfi uchun kamera, karnaycha, o‘tkazib yuborilgan xabar yoki qo‘ng‘iroqlar indikatori hamda oraliq-masofa va yorug‘lik datchiklari uchun «qoshcha» qoldirilgan bo‘lib, uning ikki yonida tarmoqlar, quvvat va boshqa ko‘rsatkichlar uchun yetarlicha joy topiladi.

Ekranning quyi qismidagi bo‘sh joyni esa Huawei logotipi egallagan. Aytish joizki, ekran tepasi va pastidagi bo‘sh joylar hajmi turlicha. Ushbu ko‘rinish bilan uskuna Apple iPhone X yoki ASUS Zenfone 5 smartfonlariga o‘xshash.

Yon tomondagi tugmachalar bir-biriga yaqin joylashtirilgan. Tugmachalar yetarlicha yirik, yengil bosiladi va aniq ishlaydi, bu borada hech qanday e’tirozlarga o‘rin yo‘q.

Sim-kartalar uchun bo‘lmacha – gibrid, bu yerga xotira kartasini joylashtirish uchun Nano-SIM formatidagi ikki SIM-kartadan biridan voz kechish kerak bo‘ladi.

Ustki qismi shovqinni kamaytirish tizimi faoliyati uchun mo‘ljallangan ikkinchi mikrofon tirqishchasini hisobga olmaganda bo‘sh.

Pastki qismda esa USB Type-C va quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli audio chiqish tuynugi mavjud. Ular qatoridan karnay panjarasi va asosiy mikrofon uchun tuynukcha ham o‘rin olgan.

Huawei P20 Lite qora va ko‘k ranglardan ishlab chiqariladi. Smartfon chang va namlikdan himoya texnologiyasiga ega emas.

P20 smartfoni qo‘lda yoqimli taassurot qoldiradi, uning yon tomonlari g‘adir-budurroq metaldan tayyorlangan. Umuman olganda, Huawei muhandislari qurilmaning tashqi ko‘rinishini qimmatroq modellarga o‘xshatishga harakat qilishgan buning uddasidan chiqishgan – smartfon korpusi sifatli, qo‘lga yaxshi joylashadi va undan foydalanish yoqimli.

Smartfon hajmi unchalik katta emas - 148x71x7.4 mm. Shu bois P20 Lite smartfoni qo‘lga yaxshi joylashadi, u hatto nam qo‘ldan ham sirpanib tushib ketmaydi.

Displey

P20 Lite smartfoni 2.5D-shishali IPS displey bilan ta’minlangan. Ekran konstruksiyasi P20 Pro va P20 modellari kabi: tepa qismi bir oz turtib chiqqan, chap va o‘ng qirralari doirasimon qayrilgan. Huawei P20 Lite displeyi diagonali 5,84 dyuymni tashkil etadi, FullHD+ (2280x1080 piksel) sig‘imli, har bir dyuymda 432 piksel joylashtirilgan, tomonlar mutanosibligi – 19:9. Displey matritsasi LTPS TFT texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, mazkur texnologiya ekranlarning yuqori samaradorlik va kam energiya sarflashiga xizmat qiladi.

Ekranning yorug‘lik darajasi 420 kd/m2. Bu o‘z narx toifasiga ko‘ra juda yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Tashqi yorug‘lik datchigi ma’lumotlari asosida ishlovchi ekran yorug‘ligini avtomat sozlash funksiyasidan foydalanish mumkin. Multitach testi natijalari bir vaqtning o‘zida o‘nta barmoqni «o‘qishi»ni ko‘rsatdi.

Huawei P20 Lite smartfoni ekrani bir oz yorqinroq. Tashqi shisha va suyuq kristalli matritsa o‘rtasida havoli bo‘shliq yo‘q (ekran turi OGS — One Glass Solution). Bunday turdagi ekranlar yorug‘ joylar, masalan quyosh nuri ostida yaxshiroq ko‘rsatadi, biroq tashqi shishaga shikast yetgan taqdirda uni ta’mirlash nisbatan qimmatga tushadi. Chunki displeyni to‘liq almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Avtonomlik

Huawei P20 Lite smartfoni 3000 mAs hajmga ega litiy-polimerli ichki batareya bilan ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich hozirgi kundagi ko‘pgina mobil uskunalar uchun xos. To‘liq quvvatlantirilgan smartfon o‘rtacha 17-20 soat «yashaydi». Ekran yoqilgan holatda 3G/4G tarmog‘idan faol foydalanganda 4 soatga vaqt «bardosh bera oladi». Internetga Wi-Fi orqali kirilganida esa, uzluksiz 5 soat xizmat qiladi.

Smartfonga kompaniya o‘rnatgan ilovada video ko‘rilganda (1080p) 7 soat, o‘yinlar o‘ynalganda 5 soat (Marvell – «Chempionlar jangi»), YouTube orqali 1080p sig‘imli videoroliklar ko‘rilganda esa akkumulyator 6 soatdan so‘ng o‘chadi.

Huawei kompaniyasining ma’lum qilishicha, P20 Lite tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. 30 daqiqada 30 foiz quvvat olsa, 100 foiz uchun esa 1 soatu 40 daqiqa sarflanadi.

Kommunikatsion imkoniyatlari

Huawei kompaniyasining mazkur mahsuloti nano formatidagi ikkita sim-karta bilan ishlaydi. Har ikkisi ham 4G texnologiyasini «taniydi». Sim-kartalar bo‘lmachasi kombinatsiyalashgan – yo ikkita sim-kartadan foydalanish kerak yoki birining o‘rniga microSD xotira kartasi qo‘yilishi kerak bo‘ladi.

Qayd etish joizki, P20 Lite chastotalar agregatsiyasi texnologiyasiga ega bo‘lib, sozlamalar menyusida uni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Bu texnologiya asosan Huawei va Samsung smartfonlarida qo‘llanilgan va chastota diapazonlarini birlashtirish yo‘li bilan 4G aloqasi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Uning yana bir qulayligi shundaki, yaqin-atrofda 4G tarmog‘i bo‘lmaganda avtomat ravishda 3G`ga o‘tiladi.

Smartfonda aloqasiz to‘lovlarni amalga oshiruvchi NFC chipi ham mavjud.

Shuningdek, 2.5/5 GGs diapazonda ishlovchi Wi-Fi, soniyasiga 353 Kbit ma’lumot uzata oluvchi aptX protokolli hamda 576 Kbit/s li aptX HD protokolli Bluetooth 4.0 o‘rnatilgan.

Navigatsiya masalasiga kelsak, Huawei P20 Lite smartfoniga GPS/GLONAS/BeiDuo o‘rnatilgan. Sezuvchanlik darajasi o‘rtacha – bir vaqtda 16 ta sun’iy yo‘ldosh signallarini tuta oladi. Joylashgan yerni aniqlash darajasi esa o‘rtachadan yuqoriroq – 4 metrgacha aniqlikda. Signallarni barqaror ushlab turadi.

Kameralar

Smartfon tanlashda ulardagi kamera sifati muhim ahamiyat kasb etganligi uchun ishlab chiqaruvchilar rasmga va videoga olish sohasida yangi va yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.

P20 Pro modeli uch kamerali birinchi noyob uskuna hisoblanadi. P20 da esa faqat ikkita kamera qoldirishgan. Lite talqinida ham ular ikkita, lekin nisbatan sodda va optik barqarorlashtiruvchiga ega emas.

Asosiy modullar ikkita – 16 MP (f/2.2, piksel o‘lchami 1.12 mkm) va 2 MP. Qo‘shimcha modul uchun ma’lumot unchalik muhim emas, chunki u yonlarni hosil qilish rolini bajaradi. Eslatib o‘tish kerakki, uskunaning avvalgi talqinlarida ikkinchi asosiy kamera oq-qora bo‘lib, dinamik diapazonni orttiradi.

Sizni shubhasiz ajablantiradigani shuki, kunduzi normal yorug‘lik sharoitida P20 Lite P20 Pro va P20 ga nisbatan yaxshi rasmga oladi.

Tabiiyki, dinamik diapazon va rasmlarning tiniqligi jihatidan flagman uskunalar oldinda. Ranglarni uzatish har xil - har doim ham P20 Lite foydasiga emas.

Old kamera oddiy (8 MP, diafragma f/2.0), sifati o‘rtacha, lekin narxiga nisbatan ijtimoiy tarmoqlar uchun anchagina yaxshi selfi (avtoportret) olishga xizmat qiladi.

Uskuna 30 k/s (AVC, 17 Mbit/s) maksimal sig‘imdagi FullHD videoga oladi. Ovoz stereo (AAC, 192 Kbit/s, 48 kGs). O‘xshash uskunalar bilan solishtirilganda video sifati ortda qoladi (detallar, fokus tezligi o‘rtacha).

Selfi videolarini ham FullHD holatida saqlanadi.

Uskuna interfeysi Huawei kompaniyasi uskunalari bilan butunlay o‘xshash: yuqorida – chaqnoq, diafragma bilan ishlash, portret rejimi, «jonli» suratlar, kamerani o‘zgartirish. Chapdan o‘ngga svayp qilganda – qo‘shimcha rejimlar: professional foto va video, AR-to‘ldirilgan reallik (P20 Pro`da bu xususiyat yo‘q), HDR, tungi tasvir, panorama, sekinlashtirish (640x480 piksel, 60 k/s ga sekinlashtirish) va boshqa unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmagan filtrlar.

Professional foto rejimida quyidagi parametrlarni tanlash mumkin: ISO (50-3200), to‘xtatib turish (8 – 1/4000 soniya), fokus, ekspozitsiya. Professional video rejimida esa: qotirish, ekspozitsiya, fokuslash, oq rang muvozanati imkoniyatlari bor.

Xotira, chipset va ishlash samaradorligi

Huawei maydalashib o‘tirmadi va P20 Lite`ga 4 GB (LPDDR3 933 MGs) tezkor xotira joylashtirdi. Uning tezligi qariyb 5000 MB/s – yuqori tezlik! Odatda bu kabi qurilmalar tezligi 3500 – 4500 atrofida bo‘ladi. Ichki doimiy xotira hajmi ham yomon emas – 63 GB. O‘qish tezligi 174 MB/s, yozish tezligi 112 MB/s. Mazkur qurilma yaxshigina o‘qiydi, ammo o‘rtacha yozadi. Smartfon 256 GB gacha hajmli microSD xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Protsessor sifatida Huawei o‘zining Kirin 659 chipsetini tanladi. U ancha oldin – 2016 yilda ishlab chiqarilgan. Sakkiz yadroli protsessor turli chastotali ikkita ARM Cortex-A53 klasteridan tarkib topgan. Grafik tezlatkich sifatida ARM Mali-T830 MP3 tanlangan. Honor 7X, Honor 9 lite, Nova 2/2 Plus/2i va P Smart smartfonlarida ham xuddi shu grafik tezlatkich qo‘llanilgan.

Smartfon Android 8.0 (Oreo) operatsion tizim talqiniga asoslangan MIUI 8.0 global proshivkaga ega.

Taassurotlar

Huawei P20 Lite o‘zining imkoniyatlari bilan raqobatchilaridan hech ham ortda qolmaydigan uskuna. Qisqacha aytganda esa, keyingi yillardan ham arzon narxi va yuqori sifati bilan bestseller bo‘la oladi.

Kamchiliklari: Katta hajmli o‘yinlarni o‘ynashda protsessorning ishlash samaradorligi bir oz past.

Qolgan barcha ko‘rsatkichlar maqtovga arzigulik:

  • yoqimli dizayn
  • qoldirilgan xabarlar indikatori
  • yorqin va tiniq ekran
  • Operativ xotira
  • NFC (to‘lov jarayonlari uchun ayni muddao)
  • ishlash vaqtining uzunligi
  • Type-C chiqish tuynugi
  • yuqori sifatli kameralar
  • ikki diapazonli Wi-Fi
  • aptX va aptX HD protokolli Bluetooth​

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 2 050 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!