Huawei P30 flagmanlarining namoyish kuni rasman e’lon qilindi (+rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  1186
  •  19.02.2019 14:26

Huawei P30 flagmanlarining namoyish kuni rasman e’lon qilindi (+rasmiy video)

Sanoqli kunlardan so‘ng Barselonada boshlanadigan MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida ko‘plab smartfonsozlar o‘zlarining flagmanlarini namoyish etishni rejalashtirganlar. Xitoylik texnogigant ham unda inqilobiy qurilmasini ko‘rsatmoqchi, ammo Huawei P30 turkumidagi smartfonlari taqdimotini keyinroqqa qoldirgan.

O‘QING: Huawei buklanuvchi 5G-smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

Nihoyat, kompaniya o‘zining Huawei P30 turkumidagi smartfonlarini namoyish etadigan kunini rasman e’lon qildi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan quyidagi tizer videorolikka ko‘ra, ularni 26 mart kuni Parijda ommaga ko‘rsatishadi.

Avvalroq «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur seriyaga uchta model kiradi: Huawei P30, P30 Pro va P30 Lite. Bulardan «kenja»sining texnik xususiyatlari haqida hozircha hech nima ma’lum emas, qolgan ikkitasi haqida esa ozmi-ko‘pmi ma’lumot tarqalgan.

Ularga ko‘ra, standart flagman – Huawei P30 modeli 6.1 dyuymlik, P30 Pro versiyasi esa 6.5 dyuymlik OLED-displey bilan ta’minlangan. Ular Kirin 980 protsessori hamda 8 dan 12 gigabaytgacha hajmli tezkor xotiraga ega. Standart P30 modelida xuddi Mate 20 Pro flagmanidagi kabi uch modulli kamera va quloqchin tirqishi qoladi. P30 Pro esa yanada ilg‘or sensorlar bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Huawei’ning keyingi flagmani – P30 Pro kamerofonining suratlari va texnik jihatlari bilan tanishamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!