Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

  •   DiMaX
  •  1306
  •  23.04.2019 15:59

Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

OCWorkbench resursining yozishicha, xitoylik texnogigantning yangi – Huawei P30 Pro flagmani josuslik qilar ekan. ExploitWareLabs ekspertlar guruhi ushbu smartfonning fon rejimida Xitoy hukumat serverlariga so‘rov yuborib turishini aniqlashgan.

O‘QING: Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Garchi foydalanuvchi Huawei servislaridan birortasiga obuna bo‘lmasa-da, so‘rov yuborish ishlarini smartfon maxfiy tarzda va fon rejimida amalga oshiradi. Nafaqat so‘rovlar, balki Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlarni ham jo‘natishi mumkin. Ushbu serverlar ro‘yxatida esa Xitoy hukumatining tarmoq xavfsizligi bo‘limiga qarashli beian.gov.cn ham mavjud.

 Mana, Huawei P30 Pro egasidan so‘rab ham o‘tirmasdan amalga oshiradigan DNS-so‘rovlar ro‘yxati quyidagicha:

Shuningdek, ro‘yxatda yana china.com.cn manzili ham ko‘p uchraydi, u esa Xitoyning Axborot internet-markazi nazorati ostidadir.

OCWorkbench xabariga ko‘ra, tekshirib ko‘rilgan Huawei P30 Pro smartfonining biror hududga mansubligi haqida ayni damda biror ma’lumot yo‘q. Ehtimol, bu – flagmanning Xitoyning o‘zida sotishga mo‘ljallangan versiyasidir, lekin baribir fondagi faollik ishlab chiqaruvchiga nisbatan ishonchga soya soladi.

O‘QING: Nokia smartfonlari josuslik qilayotgan ekan – buni ishlab chiqaruvchi ham tan oldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!