Huawei P30 smartfonlarining ilk rasmiy videosini tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1459
  •  06.03.2019 11:37

Huawei P30 smartfonlarining ilk rasmiy videosini tomosha qilamiz!

Joriy oyda kutilayotgan eng ilg‘or smartfonlar – xitoylik texnogigantning Huawei P30 turkumi modellaridir. Yaqindagina mazkur qurilmalarning «jonli» rasmlarini e’lon qilgandik, endi esa uning birinchi rasmiy videosini ham chiqdi.

O‘QING: Huawei’ning keyingi flagmani – P30 Pro kamerofonining suratlari va texnik jihatlari bilan tanishamiz!

Huawei Mobile kompaniyasining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti yaqinda tasdiqlashicha, bu smartfonda to‘rt modulli superzumli kameraga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi unda ovoz yangratish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor bergan.

18 soniyalik ushbu videolavhada dinamik va tovush to‘lqinlariga bog‘liq animatsiyani ko‘ramiz. Bundan anglashiladiki, nihoyat, Huawei P seriyasi qurilmalariga stereodinamiklar yoki displey orqali tovush taratish texnologiyasi joriy etiladi.

Video-tizerdagi boshqa effektlar ham qiziq, ammo ularning aynan nimani anglatishini yetarlicha tushunib bo‘lmaydi. Ehtimol, yangi modellarda ham Mate 20 Pro flagmanidagi singari 3D-kamera orqali qiyofani tanish texnologiyasi bordir.

Xitoylik texnogigant Huawei P30 turkumidagi qurilmalarini 26 mart kuni Parijdagi tadbirida namoyish etadi. Kompaniyaning global savdoga chiqarilgan ayrim smartfonlarini esa 825 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud. Ayniqsa, shu kunlarda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Huawei smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 28 fevral) – aksiyasi ham bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.