Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

  •   DiMaX
  •  4333
  •  13.04.2019 09:29

Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Xitoylik texnogigant o‘zining flagman smartfonlari – Huawei P30 va P30 Pro kamerofonlarini 26 martda taqdim etgandi. Kecha – 12 aprel kuni Xitoyda uning ilk partiyasi sotuvga qo‘yildi va birdaniga rekord natija ko‘rsatdi.

O‘QING: Parijdagi taqdimotda ko‘rsatilmagan Huawei P30 Lite namoyish etilib, allaqachon sotuvga ham chiqdi!

Huawei P30 hamda P30 Pro smartfonlari savdosi ochilishi bilan, atigi o‘n soniya ichida uning birinchi partiyasi sotib tugatildi. To‘g‘ri, aynan nechta sotilganini kompaniya ma’lum qilmagan, balki 200 million yuanlik savdo qilinganini aytgan. Bu esa taxminan 30 million AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Flagmanlarning mahalliy bozordagi narxidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Huawei o‘n soniyada 30 mingtadan 50 mingtagacha smartfon sotgan. Aytish kerakki, bu yerda gap faqatgina kompaniyaning rasmiy onlayn-do‘konidagi savdo haqida ketyapti.

Umuman olganda, korporatsiyaning yangi flagmanlardan umidi katta – yilning oxirigacha u 20 milliontadan oshiq Huawei P30 va P30 Pro sotmoqchi. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa uning 825 000 so‘mdan boshlanuvchi turli smartfonlarini xarid qilish mumkin va bunda buyurtmani uzog‘i bilan ikki ish kunidaqo‘lingizga olasiz.

O‘QING: Huawei’ning shashti baland: u «sun’iy ong»li, haydovchisiz avtomobil ishlab chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.