Huawei P40 Pro «jonli» suratlarda

Huawei P40 Pro «jonli» suratlarda

Huawei P40 Pro flagmanining ilk «jonli» suratlari Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

Tasvirlarni tarmoqqa joylagan insayder Digital Chat keyinchalik postni o‘chirib yuborgan. Biroq «Aytilgan gap — otilgan o‘q», deganlaridek, internetga joylangan ma’lumotni hech qachon butunlay o‘chirib bo‘lmaydi.

Mana, o‘sha tasvirlar:Birinchi rasmdan qurilmaning faqtagina old tomoni ko‘rinib turibdi: selfilar uchun tirqishli old qo‘shkamera. Holat paneli qora rang bilan berkitilgan.

Ikkinchi tasvirda esa orqa penel ko‘rsatilgan. Smartfonning kameralari butunlay berkitilgan. Ko‘rish mumkinki, kamera modulini yashirish uchun ikkita yopgichdan foydalanilgan. Lekin bizda P40 Pro'ning sizdirilgan renderlari ham bor:Uchta flagmandan iborat Huawei P40 oilasi mart oyida taqdim qilinishi aytilmoqda.

O‘QING: Huawei Mate 20 Pro’ni atigi 4 dollar evaziga Mate 30 Pro’ga «aylantirsa» bo‘ladi!