Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

  •   DiMaX
  •  2014
  •  22.06.2020 10:06

Huawei P40 Pro+ kushandasini Xiaomi tayyorladi: keramik korpus, Snapdragon 865 va qayrilma ekranli kamerofon!

Xiaomi korporatsiyasi keyingi yirik taqdimotini avgust oyiga rejalashtirgan. Kompaniya unda o‘zining navbatdagi flagman smartfonini namoyish etadi.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Digital Chat Station kanali unda taqdim qilinishi kutilayotgan smartfonning asosiy xususiyatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xiaomi bu flagmanini Qualcomm Snapdragon 865 protsessori, ikki chekkasi qayrilgan displey, kvadrokamera hamda keramik materialdan ishlangan korpus bilan ta’minlaydi.

«Xitoycha Apple»ning hozir kutilayotgan ilg‘or smartfonlari ikkita – Mi Mix 4 hamda Mi 10 Pro+ flagmanlari. Bulardan birinchisiga Digital Chat Station aytgan xususiyatlar to‘g‘ri kelmaydi, demak – avgustda ikkinchisi namoyish etilishi mumkin.

Keyingi paytlarda Mi 10 Pro+ haqida ayrim xabarlar tarqalgan va ularga ko‘ra, mazkur smartfon kamerasi 12 karralik optik zumga ega bo‘ladi. Xiaomi ushbu modeli orqali xitoylik texnogigantning flagmani – 10 karralik zumli Huawei P40 Pro Plus smartfoni bilan raqobatlashmoqchi.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!