Huawei P40 Pro’ning beshta kamera moduli bilan batafsil tanishamiz

  •   DiMaX
  •  1649
  •  09.03.2020 15:19

Huawei P40 Pro’ning beshta kamera moduli bilan batafsil tanishamiz

Xitoylik texnogigantning Huawei P40 flagmanlari taqdimotiga bir nechta kun qoldi. Internetda esa ularning ayrim texnik xususiyatlari borasida ma’lumotlar tarqalmoqda.

O‘QING: Huawei atigi 30 daqiqada 70% quvvatlanuvchi hamyonbop flagman namoyish etdi!

Jumladan, kuni kecha Teme nikli insayder ushbu turkumning eng kattasi – Huawei P40 Pro kamerasi borasidagi batafsil axborotlarni ulashdi. Avval ham aytilganidek, uning bosh kamerasi beshta sensorni o‘z ichiga oladi.

Insayderga ko‘ra, Huawei P40 Pro bosh kamerasida asosiy modul sifatida 52 megapiksellik aniqlikdagi va 1/1.28” o‘lchamli Sony IMX700 Hexadeca Bayer RYYB sensori qo‘llanadi. Ikkinchi datchik 40 megapiksellik va 1/1.5” o‘lchamli Sony IMX650 bo‘lib, u keng burchakli ob’yektivga ega. Keyingisi 3 karralik optik zumga ega teleob’yektiv bo‘lsa, to‘rtinchisi 10 karralik optik zumli hamda 2P1G linzali periskop kameradir. Beshinchisi – sahna chuqurligini uch o‘lchamli usulda o‘lchaydigan ToF sensori bo‘lib, kamera blogida bulardan tagqari yana rangli harorat datchigi va LED-chaqnoq ham joylashgan.

Huawei P40 Pro diagonaliga 6,5 dyuymlik OLED-ekranga ega bo‘lib, bu displey 2K formatida kontent uzata oladi va kadr yangilanishi 120 gersga teng. Xitoylik texnogigant unga o‘zining Kirin 990 5G protsessorini o‘rnatadi; 5500 mA/soatlik akkumulyator 50 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi. Smartfon Android 10 bazasida tayyorlangan EMUI 10 grafik qobig‘i bilan chiqadi, lekin unda Google servislari bo‘lmaydi.

O‘QING: Google cho‘chib qoldi: u AQSh hukumatidan Huawei uchun afv so‘rayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!