Huawei P40 tizeri chiqdi. Kamera bo‘rtmasi juda katta

Huawei P40 tizeri chiqdi. Kamera bo‘rtmasi juda katta

Huawei o‘zining navbatdagi flagman lineykasi ustida ishlamoqda. Bu oila tarkibiga P40, P40 Pro va P40 Premium Edition'lar kiradi.

Kompaniya rahbari Richard Yuning aytishicha, taqdimot 26-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Bugun taqdimotning rasmiy reklamasi kompaniya saytida paydo bo‘ldi.

Tizerda qurilmalardan birining kamera moduli ham ko‘rsatilgan. Ko‘rish mumkinki, (kamida besh linzadan iborat bo‘lishi aytilayotgan ushbu) modul korpusdan anchayin bo‘rtib chiqqan.

P40 seriyasidagi barcha modellarga Kirin 990 chipi o‘rnatiladi — bozorga qarab, ularning ba’zilarida 5G modem bo‘lishi ham mumkin. Avvalgi mish-mishlarga ko‘ra, P40 Pro'da 52 MPlik asosiy kamera, 40 megapiksellik kinokamera va 125 millimetr linzali 8 MP telefoto kamera bo‘ladi.

P40 Premium Edition esa siz smartfonda bo‘lishini xohlagan barcha kameralar, jumladan, ultrakeng burchakli linza, periskop telefoto kamera, asosiy modul sifatida katta rezolyusiyali kamera, ToF datchigi va hatto makro kameraga ham ega bo‘ladi.

Taqdimot marosimi boshidan oxirigacha onlayn translatsiya qilinadi.

O‘QING: Huawei P40 Pro’ning beshta kamera moduli bilan batafsil tanishamiz