Huawei P40 va P40 Pro'larning texnik jihatlari bilan tanishing

Huawei P40 va P40 Pro'larning texnik jihatlari bilan tanishing

Tarmoqda joriy haftada anonsi rejalashtirilgan va foydalanuvchilar tomonidan qizg‘in kutilayotgan Huawei P40 va P40 Pro flagman kamerafonlarining batafsil xarakteristikasi paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlar bilan hind informatori Ishan Agarval Twitter ijtimoiy tarmog‘ida va 91Mobiles tematik resursida ulashdi. Ikkala model ham asosiy datchiki 50 megapiksellik kamera va Kirin 990 5G platformasi bilan jihozlangan.

Huawei P40 Pro 5G 6,1 dyuymli ekran, 50 + 16 + 8 megapiksel datchikli Leica Ultra Vision asosiy kamerasi, 32 megapiksellik old kamera, 30 karragacha raqamli zum, Huawei XD Fusion Engine rasm ishlovini yaxshilash va 3 800 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.Huawei P40 Pro esa 6,58 dyuymli ekran, 50 + 40 +12 megapiksellik va ToF datchikli to‘rttalik Leica Ultra Vision asosiy kamerasi, 50 karrali SuperSensing zum, telefoto moduli uchun stabilizatsiya, qo‘shimcha chuqurlik datchikli 32 megapiksellik ikkita old kamera, Huawei XD Fusion Engine rasm ishlovini yaxshilash, 40 vatt tezkor va 27 vatt simsiz quvvatlanish xususiyatiga ega 4 200 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Shuningdek, ancha ishonchli insayderlardan biri 40 vattlik simsiz zaryadlagich haqida ham xabar bergan. Ammo, Agarvalning fikriga ko‘ra, bu quvvatlagich Huawei P40 Pro+ uchun chiqariladi, qolgan modellar esa 27 vattligi bilan kifoyalanadi. Huawei P40 seriyasining taqdimoti 26 mart kuni onlayn-translyasiya formatida o‘tkaziladi.

O‘QING: Huawei P40 Pro Premium Edition'ning texnik jihatlari bilan tanishing

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!