Huawei P40/P40 Pro'lar TENAA'da

Huawei P40/P40 Pro'lar TENAA'da

Huawei'ning yangi P40 seriya flagmanlari mart oyi oxirigacha taqdim etilmasligi aytilyotgan edi. Ammo P40 va P40 Pro allaqachon Xitoy sertifikat agentligi (TENAA) saytida paydo bo‘ldi.Huawei P40'ning model raqami AA-AN00 va ANA-TN00, P40 Pro modeliniki esa ELS-AN00 VA ELS-TNOO bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.Bu gadjetlarning global va Xitoy variantlarining model raqamlari bo‘lishi mumkin. Qisqa ma’lumotlarga ko‘ra, P40 va P40 Pro'ning global va xitoy versiyalarining barchasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smartfonlar ikkita SIM karta qabul qilishi va eng ajablanarlisi, gadjetlar Android operatsion tizimida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, P40'ning periskop telefoto va 10x optik zum bilan jihozlangan 5 ta kamerali Premium Edition'i chiqishi ham kutilmoqda.

Mish-mishlarga qaraganda, P40'ga 4 kamera - 52MP asosiy, 40MP ultrakeng va 5x optik zumli 8MP telefoto kameralar o‘rnatiladi.

P40 Pro modelida 4 tomoni qayirma tirqishsiz dipley bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan oy P40 modelini jonli videosini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan edik. Videoda qurilmaning yuqori chap tomonida qo‘sh kamera borligini ko‘rish mumkin edi.

Huawei P40 seriyalari haqida yangiliklar tarqalishi davom etmoqda. Biz esa sizni xabardor etib boramiz.

O‘QING: Huawei'ga qarshi navbatdagi zarba

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!