Huawei P50 Pocket taqdim etildi

Huawei P50 Pocket taqdim etildi

Mate X'ning uchta avlodidan so‘ng, Huawei nihoyat “raskladushka“ form-faktoridagi P50 Pocket buklamafonini taqdim etdi. P50 Pocket'ning dizayni P50 seriyasi smartfonlariga o‘xshaydi. 

Qurilmaga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.9 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 2790x1188 pikselni tashkil qiladi. Displey yuqori qismining markazidan yumaloq tirqishli selfi kamera o‘rin olgan. 

Korpusning tashqi tomonidagi bir dyuymli displey esa sana, vaqt va bildirishnomalarni ko‘rsatib turadi. Shuningdek, smartfonda xarita va musiqa kabi uchinchi tomon ilovalari bilan ishlovchi vidjetlar bo‘lib, ularni tashqi ekrandan ham boshqarish mumkin. 

Smartfonga uchta: 40MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda suratga rang berishda foydalaniladigan 32MP maxsus kamera o‘rnatilgan. 

Qurilma Snapdragon 888 4G chipi bilan jihozlangan. Uning 8/12GB tezkor xotira hamda 256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari mavjud. 

P50 Pocket buklamafoni 40 vattda quvvat oluvchi 4,000 mAs sig‘imli akkumulyator ega. U HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydigan. 

Qurilmaning korpus qalinligi buklanmagan holatda 7.2 millimetr, buklangan holatda esa 15.2 millimetrni tashkil qiladi. Og‘irligi esa 190 grammdan iborat. 

Huawei P50 Pocket oq, qora va maxsus tilla ranglarda sotuvga chiqariladi. 

Uning narxlari quyidagicha: 

Huawei P50 Pocket 8/256GB - 1410 dollar

Huawei P50 Pocket 12/512GB - 1725 dollar 

Smartfon bugundan boshlab Xitoyda sotuvga chiqarildi. Hozircha smartfon global miqyosda sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Xiaomi 12'ning korpus o‘lchamlari sezilarli darajada kichrayadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.