Huawei P50 Pocket'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei P50 Pocket'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

P50 Pocket Huawei'ning eng so‘nggi buklanuvchi smartfoni hisoblanadi. O‘tgan yilgi Mate X2 buklamafonidan farqli o‘laroq, yangi model xalqaro bozorda ham sotuvga chiqdi. Xalqaro bozorda uning narxi 1300 dollardan boshlanadi.

O‘QING: Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

P50 Pocket xuddi Galaxy Z Flip smartfonlari kabi “raskladushka“ form-faktoriga ega. Unga 6.9 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. Ushbu displey Z Flip'nikidan biroz kattaroq. Kattaroq hajmdagi akkumulyator sabab qurilmaning og‘irligi ham biroz oshgan.

Foto: GSMArena

Flagman P50 oilasi a’zosi bo‘lganligi uchun qurilmaga Snapdragon 888 chipii o‘rnatilgan. Ammo ushbu chipga ega bo‘lsa ham, P50 Pocket modeli 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Bazaviy model 8/256GB xotiraga ega. Shuningdek, uning 12/512GB xotiraga ega turi ham mavjud. Agar ushbu xotira varianti ham kamlik qilsa, uni xotira kartasi bilan kengaytirish mumkin.

Foto: GSMArena

Galaxy Z Flip bilan taqqoslaganda, P50 Pocket'da kameralar soni bittaga ko‘p. Unga 40MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda 32MP maxsus ultra binafsha yoritgichli kamera o‘rnatilgan.

Huawei P50 Pocket'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 170.0x75.5x7.2mm, 190g; orqa panel shisha, alyuminiy korpus.

> Displey: 6.90 dyuymli buklanuvchi OLED, 1B colors, 120Hz, 1188x2790 piksel rezolyutsiya, 21:9 forma faktori, 442ppi zichlik; Tashqi displey: 1.04 dyuymli OLED, 340 x 340 piksel, 328ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 4G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.4

> Xotira: 8/256GB, 12/512GB; xotirani kengaytirish imkoniyati.

> OT/Dasturiy ta’minot: HarmonyOS 2.0 (Xitoy), EMUI 12 (Yevropa) Google Play servislari mavjud emas.

> Kamera: Asosiy kamera: 40MP, f/1.8, PDAF, Lazer AF; Ultrakeng kamera: 13MP, f/2.2, 120˚, AF; UV kamera: 32MP, f/1.8, 1/3.14“, 0.7µm, AF.

> Selfi kamera: 10.7MP, f/2.2, (ultrakeng).

> Video yozuv: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/120/240 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,000 mAs, 40 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFC.

P50 Pocket hech qanday IP standartiga ega emas. Samsung esa Z Flip 3 modelini IPX8 standarti bilan jihozladi. Shuningdek, qurilma simsiz quvvatlash texnologiyasidan ham mosuvo bo‘lgan.

P50 Pro singari P50 Pocket'ning ham eng katta kamchiligi bu - unda Google servislarining yo‘qligidir.

Qadoq tarkibi

Qurilmaning qadoq tarkibi faqat kabelga ega bo‘lgan Z Flip'nikiga qaraganda ancha boy. Qutidan smarfon bilan birga 40 vattlik SuperCharge adapteri, USB-C kabeli hamda ikki qismdan iborat maxsus g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: vivo V23 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz