Huawei P50 Pro taqdimotidan avval kompaniya rasmiy do‘konida uni ko‘rsatishdi (video)

  •   DiMaX
  •  848
  •  26.07.2021 15:38

Huawei P50 Pro taqdimotidan avval kompaniya rasmiy do‘konida uni ko‘rsatishdi (video)

Xitoylik telekommunikatsiya giganti o‘zining yangi – Huawei P50 turkumidagi flagmanlarini 29 iyulda taqdim etmoqchi. Rasmiy namoyishi arafasida ushbu seriyadagi Pro-versiyaning tashqi ko‘rinishini aniq namoyon etuvchi «jonli» video chiqdi.

O‘QING: Huawei 90 vattlik tezkor quvvatlash tizimi ustida ishlamoqda

Mazkur video Huawei kompaniyasining rasmiy chakana savdo do‘konida suratga olingan. Qisqa lavhada do‘konchi Huawei P50 Pro smartfonini aylantirib ko‘rsatgan va operatorga uzatgan.

Aftidan, bu – haqiqiy Huawei P50 Pro smartfonining o‘zi bo‘lmasdan, uning aynan o‘zidek qilib ishlangan maketi bo‘lsa kerak. Bunaqa maketlar allaqachon Xitoydagi turli savdo maydonchalarida 10 dollardan sotuvga chiqqan. Ular tashqi jihatdan smartfonni aynan takrorlaydi, ammo ichida elektron qismi umuman bo‘lmaydi – faqatgina yangi gadjetning dizayni haqida aniq va to‘liq ma’lumot beradi.

O‘QING: Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi