Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei P50 Pro nihoyat global miqyosda sotuvga chiqdi. Qurilma o‘zgacha dizayndagi kamera moduliga ega bo‘lib, bunday yechimdagi kamera dizayni avvalroq hech qaysi smartfonda uchramagan edi. Kameralar Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

O‘QING: vivo V23 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Huawei P50 Pro hamda P50 Pocket smartfonlarini endi boshqa mintaqalarda ham sotib olish mumkin bo‘lsa, P50 modeli faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi holos.

P50 Pro modeli Android 11 operatsion tizimiga asoslangan EMUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Biroq unda Google servislari mavjud emas. Ularning o‘rnini kompaniya o‘zining servislari bilan to‘ldirlgan.

Qurilmaning displeyi yon tomonga keskin qayrilgan bo‘lib, uning hajmi 6.6 dyuymni tashkil qiladi. Ushbu OLED displey HDR10+ hamda 120Hz yangilanish va 300Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekranning yuqori markazidan yumaloq tirqishli selfi kamera o‘rin olgan. Ekran ostida esa optik barmoq izi skaneri joylashgan.

Foto: GSMArena

Eng so‘nggi Huawei flagmanining global versiyasi Snapdragon 888 chipi bilan, Xitoy uchun ishlab chiqarilgan versiyasi esa Kirin 9000 chipi bilan jihozlangan. Ikkala model ham 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Huawei P50 Pro'ning eng kuchli jihatlari bu uning kameralarida. Orqa paneldan to‘rtta: f/1.9 diafragmadagi 50MP asosiy kamera, 40MP monoxrom kamera, f/2.2 diafragmadagi ultrakeng va makro uchun mo‘ljallangan 13MP kamera hamda f/3.5 diafragmadagi 3.5x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 64MP kamera o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Smartfonda qo‘shimcha qulay funksiyalari mavjud. Bunga stereo dinamik, infraqizil port, suratlardagi rangni yanada tiniqlashtirishga mo‘ljallangan multispektral sensorini misol qilib keltirish mumkin.

Qurilma 66 vattda quvvat oluvchi 4,360 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, uni 50 vattda simsiz quvvatlash mumkin.

Bir necha kamchiliklarni hisobga olmasak, P50 Pro o‘z sinfidagi boshqa smartfonlar bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Huawei P50 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.8x72.8x8.5mm, 195g; old panel shisha, orqa panel shisha, alyuminiy korpus; IP68 suv va changdan himoya.

> Displey: 6.60 dyuymli OLED, 1B colors, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1228x2700 piksel rezolyutsiya, 19.79:9 forma faktori, 450ppi zichlik.

> Chipset: Kirin 9000 (5 nm), Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 4G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x3.13 GHz Cortex-A77 & 3x2.54 GHz Cortex-A77 & 4x2.05 GHz Cortex-A55), Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Mali-G78 MP24, Adreno 660.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 8/512GB, 12/512GB; xotiraning kengaytirish imkoniyati.

> OT/Dasturiy ta’minot: HarmonyOS 2.0 (Xitoy), EMUI 12 (Yevropa), Google Play servislari mavjud emas.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 23mm, PDAF, Lazer AF, OIS; Ultrakeng kamera: 13MP, f/2.2, 13mm, AF; Telefoto kamera: 64MP, f/3.5, 90mm, PDAF, OIS, 3.5x optik zum; Monoxrom kamera: 40MP, f/1.6, 23mm (B/W).

> Selfi kamera: 13 MP, f/2.4, (keng), AF.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek, [email protected]/sek; gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4360 mAs; 66 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 50 vatt simsiz quvvatlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC, infraqizil port.

Qurilama 5G tarmog‘i hamda Google servislariga ega emas. Eng katta kamchilik Google servislarning yo‘qligi. Biroq smartfon ajoyib dizayn, displey hamda kameralarga ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Google servislari muhim emas deb hisoblovchilar ushbu qurilmani sotib olishlari mumkin.

Qadoq tarkibi

Huawei P50 Pro qalin oq qutida sotiladi. Qadoq tarkibi Apple hamda Samsung flagmanlarinikiga qaraganda ancha boy.

Foto: GSMArena

Qutidan smartfon bilan birga 66 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli hamda shaffof g‘ilof o‘rin olgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!