Huawei P60 Pro modelining ayrim texnik ko‘rsatkichlari ochiqlandi

Huawei P60 Pro modelining ayrim texnik ko‘rsatkichlari ochiqlandi

Huawei P60 seriyasi mart oyida taqdim etilishi taxmin qilinmoqda. Yaqinda seriyaning asosiy smartfoni hisoblanuvchi P60 Pro modelining ayrim texnik ko‘rsatkichlarini ochiqalydigan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 

Xitoydagi insayderlar bergan ma’lumotga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanadi. Chip LTE tarmog‘i bilan cheklanadi, ya’ni unda 5G bo‘lmaydi. 

Qurilma 120 gertsda ishlovchi 1440p rezolyusiyadagi 6.6 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo‘ladi. Undagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 100 vattda simli, 50 vattda simsiz quvvatlash mumkin bo‘ladi. 

Orqa paneldan Sony IMX888 sensoriga ega 50MP asosiy kamera, Sony IMX858 sensorli 50MP ultrakeng kamera hamda OmniVision OV64B sensoriga ega 64MP telefoto kamera o‘rin oladi. 

HarmonyOS 3.0 operatsion tizimida ishlovchi qurilma chang va suvdan himoya IP68 standartiga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Galaxy S23 Ultra'da olingan tungi suratlar taqdim etildi