Huawei rahbari: kompaniyamiz "hayot va o‘lim o‘rtasida" turibdi!

Huawei rahbari: kompaniyamiz

Huawei kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Jen Chjenfey kompaniya hodimlariga Huawei “hayot va o‘lim o‘rtasida” turganini eslatib o‘tgan.

Shunga qaramay, texnogigant rahbari Huawei’ning gullab yashnashiga AQShning sanksiyalari to‘sqinlik qila olmasligini ishonch bilan aytib o‘tgan. Uning fikriga ko‘ra, AQShning kompaniyani “qora ro‘yxat”ga kiritgani amalda Huawei biznesiga ta’sir qilmaydi. Bu voqea aksincha, kompaniya o‘zi uchun muhim bo‘lmagan komponentlardan voz kechishiga sabab bo‘ldi.

AQSh adminstratsiyasi Huawei’ni Xitoy razvedkasi va xarbiylari bilan hamkorlikda va foydalanuvchilar ma’lumotini kuzatishda ayblagan. AQSh savdo vazirligi may oyida Huawei’ni amerikalik kompaniyalar bilan har qanday hamkorlik qilishini cheklagandi. Biroq, shu hafta Huawei’ning litsenziyasini yana 90 kunga uzaytirdi.

O‘QING: Mate 30 Pro "qo‘lga tushdi"!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!