Huawei rahbari raqiblar flagmanini dunyodagi eng zo‘r smartfon, deb e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1201
  •  11.02.2021 12:47

Huawei rahbari raqiblar flagmanini dunyodagi eng zo‘r smartfon, deb e’lon qildi!

Xitoy telekommunikatsion giganti – Huawei korporatsiyasining asoschisi va bosh direktori qiziq chiqish qildi. Jen Chjenfey ayni damda jahondagi eng zo‘r smartfon sifatida... iPhone 12 flagmanlarini e’tirof etdi!

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

«Yevropalik ilg‘or smartfonlar xaridorlari Apple’ni yaxshi ko‘rishadi. Huawei’ning o‘zida endi premium-klass telefonlari yo‘qligi sababli, Huawei taqdim etgan 5G texnologiyasi qanchalik zo‘r ekanligini isbotlashda bizga Apple smartfonlari yordam berdi», degan Jen Chjenfey.

Darvoqe, yaqindagina eng tezkor 5G-interneti mavjud bo‘lgan shaharlar reytingi chiqqan bo‘lib, uni tuzish uchun aynan shu iPhone 12 smartfonidan foydalanilgan – unga o‘rnatilgan Ookla Speedtest ilovasi orqali 15 ta yirik shaharda 5G-internet tezligi o‘lchangan.

O‘QING: iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Bundan tashqari, kompaniya yetakchisi AQSh va Huawei orasidagi munosabatlarni tiklashga chaqirdi. Xitoydagi xalqaro OAV oldida chiqish qilar ekan, u prezident Bayden bilan muloqotga tayyor ekanligini bildirdi va yangi ma’muriyati tomonidan «ochiq siyosat» yurgizilishidan umid qilayotganini aytdi.

Huawei rahbari o‘z nutqining yakunida korporatsiya o‘zining smartfonlar bo‘limini sotishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. «Biz iste’molchilarga mo‘ljallangan qurilmalar hamda smartfonlar ishlab chiqarish biznesimizni har qanday vaziyatda ham sotmaslikka qaror qildik», dedi Jen Chjenfey.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon