Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

  •   DiMaX
  •  2514
  •  02.11.2017 09:31

Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Ucell uyali aloqa operatori smartfon ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda «Sovg‘aga megabaytlar!» aksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda operatorning saytida xabar berilgan.

Mazkur aksiya doirasida rasmiy kafolatga ega bo‘lgan Huawei smartfonlari va planshetlarini xarid qilgan abonentga Ucell aloqa operatori bonus tarzida internet-trafik taqdim etadi. Xarid qilinadigan qurilma rusumiga qarab, abonent uch oy mobaynida har oy Ucell’dan 2000 MB yoki 4000 MB ko‘rinishida bonus oladi.

Bonus olish tartibi hamda «Sovg‘aga megabaytlar!» aksiyasida ishtirok etish uchun xarid qilish lozim bo‘lgan Huawei gadjetlari ro‘yxati bilan Ucell saytidagi tegishli sahifada tanishish mumkin.

Ayni kunlarda «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida ayrim Huawei smartfonlariga belgilangan narxlar esa ushbu xabarimizda ko‘rsatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!