Huawei smartfonlari Facebook, Messenger, Instagram va WhatsApp ilovalaridan ham mahrum etildi!

  •   DiMaX
  •  1061
  •  07.06.2019 15:42

Huawei smartfonlari Facebook, Messenger, Instagram va WhatsApp ilovalaridan ham mahrum etildi!

AQSh hukumatining sanksiyalari sababli ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Garchi smartfonlari Android tizimidan, o‘zining Kirin protsessorlaridan, xotira chiplaridan ajraladigan bo‘lib turgan esa-da, Huawei bu muammolarni avvaldan payqagan va choralarini ko‘rib qo‘ygan.

O‘QING: Android raqibi – Ark OS (yoki HongMeng) tizimli Huawei Mate 30 flagmanlari 22 sentyabrdayoq chiqadi!

Reuters agentligining xabar berishicha, AQShning sanksiyalariga endi Facebook ham qo‘shildi. Mark Sukerbergning kompaniyasi Huawei’ga o‘zining yangi smartfon va planshetlarini Facebook bilan bog‘liq ilovalar oldindan o‘rnatilgan holda chiqarishini taqiqladi.

Ya’ni, ushbu taqiq Facebook, Facebook Messenger, Instagram va WhatsApp ilovalari uchun amal qiladi. Biroq mazkur dasturlar shu paytgacha o‘rnatilgan Huawei devayslarida ular avvalgidek ishlashda va yangilanishda davom etaveradi.

Aytib o‘tish kerakki, Facebook kompaniyasining «qahri» Google’nikidan «qattiqroq» bo‘lib chiqdi. Qidiruv gigantining servislarini hamda Play Store ilovalar do‘konini sertifikatsiyadan o‘tgan barcha Huawei qurilmalariga foydalanuvchilarning o‘zlari o‘rnatishlari mumkin. Facebook ilovalarini esa xitoylik texnogigantning gadjetlariga endi umuman o‘rnatib bo‘lmaydi.

O‘QING: Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!