Huawei smartfonlari xotiradan ayrilmoqda, lekin kompaniya buning ham chorasini ko‘rib qo‘ygan!

  •   DiMaX
  •  1658
  •  25.05.2019 12:05

Huawei smartfonlari xotiradan ayrilmoqda, lekin kompaniya buning ham chorasini ko‘rib qo‘ygan!

Tramp ko‘rsatmasiga asosan Google va boshqa bir qator Amerika kompaniyalari xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatishmoqda. Endi Huawei smartfonlari Android yangilanishlaridan va Google servislaridan mahrum bo‘ladi, lekin uning o‘z Hongmeng operatsion tizimi bor.

O‘QING: Android’siz qolishi – hali holva: Huawei o‘zining Kirin protsessorlaridan ham mahrum bo‘lishi mumkin!

Xitoylik texnogigant endi o‘zining qurilmalarida microSD standartini qo‘llashdan ham mahrum etilmoqda, deb yozadi Gizchina nashri. Tobora kengayib borayotgan sanksiyalar fonida SD Card Association konsorsiumi ham Huawei kompaniyasini o‘z hamkorlari ro‘yxatidan chiqardi.

To‘g‘ri, hozircha bu qarorni tasdiqlovchi rasmiy hujjat yo‘q, ammo allaqachon tashkilot saytidan Huawei nomi o‘chirilgan:

Agarda mazkur konsorsiumdan rasman o‘chirilsa, Huawei keyin o‘z qurilmalarini SD-kartalar uchun uyacha bilan chiqara olmaydi. Bu esa ko‘plab foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin, zero, microSD – eng keng tarqalgan xotira kartasi formatidir.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Shunisi ham borki, bir yilcha avval mazkur kompaniya xotira kartalari uchun yangicha standart – Nano Memory formatidagi kartalarni taqdim etgandi. Yaqinda namoyish etilgan Huawei P30 (sotib olish) hamda P30 Pro (xarid qilish) modellarini u aynan shunaqa standartdagi uyachalar bilan jihozlagan.

Voqealar rivojiga qaraganda, Huawei buni ham oldindan ko‘ra bilgan. AQShning mazkur kompaniyaga qarshi taqiqi hali 2019 yilning 19 avgustidan kuchga kiradi. Kim biladi, shungacha xitoylik texnogigant eng muhim sohalarda muqobil hamkorlar va yechimlar topib ulgurar...

Voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting va hozircha uning eng oxirgi smartfonlari haqidagi xabarimiz bilan tanishing:

O‘QING: Huawei taslim bo‘lmaydi! Kompaniya rasmiy taqdimot o‘tkazib, eng zo‘r flagmanlarini namoyish etdi!

Aytish kerakki, ayrim Huawei smartfonlarini 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Bundan tashqari, shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu xabarimizdan o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarimizga Huawei noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!