Huawei smartfonlariga HarmonyOS 2.0 taqdim etildi! (+birinchi «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1449
  •  16.12.2020 17:56

Huawei smartfonlariga HarmonyOS 2.0 taqdim etildi! (+birinchi «jonli» video)

Biz yaqinda HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei hamda Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Xitoylik texnogigant bugun – 16 dekabr kuni ushbu tizimni ayrim smartfonlari uchun taqdim etdi.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

HarmonyOS 2.0 proshivkasi hozircha Huawei P40, P40 Pro, Mate 30 hamda Mate 30 Pro smartfonlariga, shuningdek, MatePad Pro planshetiga beta-versiya holida chiqdi. Ya’ni, ushbu qurilmalarda operatsion tizimni faqat beta-test dasturiga qo‘shilgan sinovchilar ishlatib ko‘ra oladilar.

HarmonyOS 2.0 beta-testi uchun ro‘yxatga olish bugun ochilgan bo‘lib, yanvarning oxirigacha davom etadi. Ya’ni, yuqorida sanab o‘tilgan gadjetlarning barcha egalari uchun proshivkaning yakuniy talqini bahordagina chiqishi mumkin.

Shu bilan birga, HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei P40 smartfonining birinchi «jonli» videosi ham paydo bo‘ldi:

HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan birga, Huawei dasturchilar uchun unda ishlashga mo‘ljallangan jihozlar to‘plamini ham taqdim etdi. Ularga kod yozish uchun talab etiluvchi hamma narsa kiritilgan: Windows va Mac tizimlariga moslangan DevEco Studio 2.0 dasturlash muhiti, mobil qurilmalar simulyatorlari va hokazo.

O‘QING: Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.