Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

  •   DiMaX
  •  2861
  •  06.06.2019 18:17

Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

Ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Garchi smartfonlari Android tizimidan, o‘zining Kirin protsessorlaridan, xotira chiplaridan ajraladigan bo‘lib turgan esa-da, Huawei bu muammolarni avvaldan payqagan va choralarini ko‘rib qo‘ygan.

O‘QING: Android raqibi – Ark OS (yoki HongMeng) tizimli Huawei Mate 30 flagmanlari 22 sentyabrdayoq chiqadi!

Huawei o‘z smartfonlariga mo‘ljallangan operatsion tizimini nomlash uchun ikki xil – Hongmeng OS hamda Ark OS savdo markalarini ro‘yxatdan o‘tkazganidan xabaringiz bor. Bularning qay biri bilan atalishidan qat’i nazar, allaqachon operatsion tizimning birinchi skrinshotlari internetga chiqdi.

Aytish kerakki, Huawei bu tizim interfeysining originalligi bilan maqtana olmaydi. U xuddi EMUI grafik qobig‘i ostidagi Android tizimiga o‘xshab ketadi:

Ilovalardan birining tavsifidagi «Android Green Alliance» yozuviga e’tibor bering: bu – xitoylik yirik kompaniyalar birlashmasi bo‘lib, uning tarkibiga Huawei, Alibaba, Baidu, Tencent va Netease kiradi. Mazkur loyiha doirasida Android ilovalari ekotizimi ustida ishlar olib borilmoqda.

Hongmeng OS (yoki Ark OS) tizimining taqdimoti shu yil kuzda, Huawei Mate 30 hamda Mate 30 Pro flagmanlari bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Hozirgacha global bozorga chiqqan ayrim Huawei smartfonlarini esa allaqachon 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Smartfon bozori: nafaqat Huawei, balki yana bir xitoylik kompaniya Apple’dan o‘zib ketdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!