Huawei taslim bo‘lmaydi! Kompaniya rasmiy taqdimot o‘tkazib, eng zo‘r flagmanlarini namoyish etdi!

Huawei taslim bo‘lmaydi! Kompaniya rasmiy taqdimot o‘tkazib, eng zo‘r flagmanlarini namoyish etdi!

Huawei kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan keyingi qiyin vaziyatga qaramasdan, o‘zining yangi xalqona flagmani Honor 20 va uning kuchaytirilgan talqini Honor 20 Pro'ni namoyish etdi. O‘tkan yildagidek, Huawei ushbu qurilmalarni o‘zining “haqiqiy” flagmanlari P30 va P30 Pro'ning xususiyatlaridan ko‘chirib olgan holda, kuchli platformani qoldirib, ayrim imkoniyatlarini cheklagan holda yaratgan.

O‘QING: Huawei’ning qo‘rqadigan joyi yo‘q: Android o‘rniga o‘zining Hongmeng operatsion tizimi bor!

Honor 20 va Honor 20 Pro smartfonlarining P30 va P30 Pro modellaridan asosiy farqi kamera bo‘lgan. Honor 20'da bira to‘la to‘rtta kamera birlashtirilgan. Asosiy kamera sifatida 48 megapiksellik (f/1,4) Sony IMX586 sensori o‘rnatilgan. Bundan tashqari 16 megapikselli kengburchakli, 2 megapikselli chuqurlilik datchigi va 2 megapikselli makro suratga olish vazifasini bajaruvchi modullar ishlatilgan.

Honor 20 Pro'da kameralar bir muncha farq qiladi. Asosiy, makro va kengburchakli modullar o‘zgarmagan, to‘rtinchi modul esa biroz boshqacharoq: unga 3-karralik optik zumli 8 megapiksellik datchik o‘rnatilgan. Shuningdek, Pro-versiyaning telefoto va asosiy kamerasi optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Va nihoyat, avtofokus yaxshilangan.

Ikkala smartfon ham 2,6 GGs gacha chastotali 8 yaderli Kirin 980 flagman platformasiga qurilgan. Kichik Honor 20 – 6 Gbayt operativ va 128 Gbayt doimiy xotiraga ega, Honor 20 Pro modelida esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 8 va 256 Gbaytni tashkil qiladi. Xotira kartasi uchun joy ikkala modelda ham mavjud. Shuningdek, selfi-kameralar turlicha: kichigida 24 Mp, kattasida esa 32 Mp.

Smartfonlar 6,26 dyumli, 2340x1080 piksel aniqlikdagi suyuq kristalli ekranga ega bo‘lgan. Chap burchakdan selfi-kamera uchun “darcha” ochilgan. Ekranni ancha yupqa romlar o‘rab olgan. Ayni damda IPS-displeyga daktiloskop o‘rnatish yo‘lga quyilmaganligi tufayli, barmoq izi skaneri yon tomondan joy olgan va yoqish tugmachasi bilan integratsiyalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi smartfonlar kompaniyaning AQSh bilan munosabatlari og‘irlashgan bir vaqtda taqdim etildi. O‘tgan hafta AQSh savdo vazirligi  xitoylik texnogigantni “qora ro‘yxat” ga  kiritdi, shu asnoda amerikaga tegishli kompaniyalarga Huawei bilan hamkorlik qilishni ta’qiqladi. Ushbu kompaniyalar qatorida Google ham Huawei bilan aloqalarini uzdi. Hozircha barchasi mavhum bo‘lib qolmoqda. Honor 20 seriyasi rasman taqdim etilgan bo‘lsa ham, qachon va qanday holatda sotuvga chiqarilishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Huawei yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu xabarimizdan o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: AQSh Huawei’ga vaqtinchalik yengillik berdi, Huawei asoschisi kompaniya qudrati haqida ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.