Huawei Tizen dasturida ishlaydigan smartvotchlar ishlab chiqarmoqchi

Huawei Tizen dasturida ishlaydigan smartvotchlar ishlab chiqarmoqchi

Xitoyning Huawei kompaniyasi Samsung va Intel tomonidan yaratilgan ochiq Tizen platformasida smart-soatlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu borada Janubiy Koreyaning Koreaherald nashri xabar tarqatdi.

Hozircha, asosan, Samsung kompaniyasi o‘zining Gear seriyasidagi smart-soatlarida mazkur operatsion tizimdan foydalanib kelmoqda. Android Wear bazasidagi gadjetlarda kastomizatsiya imkoniyatlari kamligi sababli Tizen sistemasidagi soatlar ayni vaqtda yaxshi ommalashmoqda. Balki shuning uchun xitoylik gigant ham mazkur platformadan foydalanishni afzal ko‘rgan.

Hozircha Huawei qachon ushbu operatsion dasturda soatlarni ishlab chiqarishi borasida ma’lumotlar yo‘q. Biroq ular bozordagi ba’zi analoglaridan ko‘ra arzonroq bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.