Huawei o‘zining flagmani yangi iPhone smartfonini “urib qo‘yishi”ga va’da bermoqda

Huawei o‘zining flagmani yangi iPhone smartfonini “urib qo‘yishi”ga va’da bermoqda

Huawei o‘zining Mate 10 flagman smartfonini Apple kompaniyasi yangi avlod smartfonlari taqdimotini o‘tkazgan vaqtda chiqarmoqchi, deb yozadi Ferra.ru.

Kompaniyaning iste’mol bo‘linmasi rahbari Richard Yuning so‘zlariga ko‘ra, Huawei ning yangi qurilmasi ko‘plab jihatlar bo‘yicha iPhone’ni “urib qo‘ya oladi”.

Yuning ta’kidlashicha, Huawei Mate 10 smartfonining butun old tomoni displeydan iborat bo‘ladi, quvvati esa nisbatan uzoqroq vaqtga yetadi, ayni damda quvvat olish vaqti ham tezlashadi.

Huawei vakili kompaniyaning yangi qurilmasi “yana boshqa ko‘plab jihatlar” bo‘yicha iPhone bilan raqobatga kirisha olishini aytdi-yu, biroq bu jihatlar nimalardan iborat ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq ma’lum bo‘lgan tafsilotlarga ko‘ra, Huawei Mate 10 smartfonida taqdimoti yaqindagina Yaponiyaning JDI kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 6 dyuymli (2160 x 1080 pikselli) Full Active ekranidan foydalaniladi.

Shuningdek, smartfonda 3D-skanerlash hamda qo‘shimcha reallik xossalariga ega qo‘sh kamera va 10 nanometrli HiSilicon Kirin 970 chipseti bo‘lishi ham aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.