Huawei Y5 II: 4 yadroli protsessorga ega hamyonbop smartfon

Huawei Y5 II: 4 yadroli protsessorga ega hamyonbop smartfon

Huawei asosiy e’tiborni P9 rusumidagi yangi flagmanlarga qaratayotgan bo‘lsa ham, oldingi yillarda e’lon qilingan smartfonlarga zamonaviy innovatsiya va imkoniyatlarni tatbiq qilishdan to‘xtagani yo‘q. Kompaniya 2015 yilda namoyish qilgan Y5 smartfonini Y5 II nomi bilan yangicha talqinda taqdim etishni reja qilmoqda.

5 dyuymli, 1280x720 piksel sig‘imiga ega HD ekranga ega Y5 II smartfoni 1.3 GGs chastotada ishlaydigan MediaTek MT6735P tezkor protsessorida faoliyat ko‘rsatadi.

U 1 Gb operativ xotira va 8 Gb ichki xotira bilan ta’minlanadi. Smartfon 135 gramm tosh bosadi.

Hamyonbop smartfonning 2 Mp old va 8 Mp bosh kameralari bo‘ladi. Gadjet Android 5.1 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Huawei EMUI 3.1 talqini boshqaruvida ishlaydi.

Smartfon akkumulyatorining sig‘imi 2200 mAs bo‘ladi. Yangi talqindagi smartfon joriy yilning 2 choragida sotuvga chiqarilishi mumkin. Mobil vositasining narxi $165 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!