Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

  •   DiMaX
  •  1559
  •  21.09.2018 14:17

Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

Kupertinolik korporatsiya 12 sentyabrdagi tadbirida iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soatini namoyish etgandi. Shundan keyinoq xitoylik texnogigant uning ustidan kulib, «hech bir yangi narsa namoyish etmagani uchun rahmat» aytgandi.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Huawei bu bilan ham cheklanib qolmasdan, kupertinolik gigantni kalaka qilishda davom etmoqda. Singapurda iPhone XS hamda XS Max modellarining savdolari boshlangan kuni uning xitoylik raqibi antiqa bir ish qildi. Huawei futbolkalarini kiyib olgan kishilar yangi ayfonlardan olish uchun navbatda turgan xaridorlarga yuzlab portativ akkumulyatorlar ulashib chiqishgan. Bu shunchaki arzon yoki eski modeldagi poverbanklar emas, balki naq 10000 mA/soat sig‘imli, 60 dollar turadigan original Huawei SuperCharge edi!

Apple smartfonlari ixlosmandlariga ulashilgan poverbanklar qutilarida shunday yozuv tushirilgan: «Mana portativ akkumulyator. U sizga kerak bo‘ladi. Huawei’dan hadya».

Bu – yangi iPhone’larda avtonom ishlash vaqti borasida biror yangilik yo‘qligiga ishora. Huawei taqdim etadigan Mate 20 hamda Mate 20 Pro flagmanlari esa bitta quvvat bilan uzoqroq muddat ishlashi, shuningdek 40 vattlik quvvatlash qurilmasi yordamida juda tez quvvat olishi kutilmoqda.

Xullasi kalom, 16 oktyabrni kutamiz – shu kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida xitoylik texnogigant o‘zining maqtalayotgan smartfonlarini namoyish etadi. Ungacha esa ayrim modellardagi Huawei hamda Apple smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan tegishli kafolati bilan onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!