Huawei yangi buklamafon taqdim qildi: tanish dizayn, arzon narx

Huawei yangi buklamafon taqdim qildi: tanish dizayn, arzon narx

O'zining ilk qisqichbaqasimon buklanadigan smartfoni, P50 Pocket'ni taqdim qilganidan deyarli bir yil o'tib, Huawei uning davomchisi – Huawei Pocket S'ni Xitoyda taqdim qildi (The Verge orqali). Ehtimol, yangi buklamafon avvalgisining o'rta darajadagi varianti hisoblanadi, chunki u eski dizayn va pastroq texnik xususiyatlarga ega. Biroq, shu bilan birga, u arzon ham ham.

Foto: The Verge

Huawei Pocket S yuqorida ta'kidlanganidek, P50 Pocket bilan bir xil ko'rinishga ega. Qurilma 2790x1188 rezolyutsiyadagi 120 gerts yangilanish tezligiga ega 6.9 dyuymli displey bilan jihozlangan va kompaniyaning ta'kidlashicha, u 400,000 ming marta ochilib-yopilishlarga chidamli. Qo'shimchasiga smartfon orqa kamerasi pastida 1.04 dyuymli tashqi displey ham bor va u musiqa pleyeri, bildirishnomalarni ko'rsatish kabi imkoniyatlarga ega. Kameralarga keladigan bo'lsak, ular P50 Pocket'ga qaraganda bittaga kam yoxud Pocket S faqat ikkita: 40 megapikselli asosiy va 13 megapikselli ultra-keng kameraga ega. Qolaversa, Huawei yangi modelda Snapdragon 778G chipseti bilan bir qadam ortga qaytgan.

Foto: The Verge

Huawei Pocket S buklamafoni 10-noyabrdan ¥5,988 (taxminan $818) narxda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Global bozorga esa bir oydan so'ng chiqarilishi mish-mish qilinmoqda, lekin aniq, rasmiy ma'lumotlar hozircha yo'q.

O'QING: Xiaomi o'zining 12S Ultra smartfonining Concept versiyasini chiqardi