Huawei yangi buklanuvchi smartfonni taqdim etadi

Huawei yangi buklanuvchi smartfonni taqdim etadi

Smartfon qismlarini ishlab chiqaruvchi Zhaoli Technology kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei'ning yangi avlod buklamafoni yangicha dizayndagi buklanuvchi mexanizmiga ega bo‘ladi. 

Kompaniya yangi buklanuvchi mexanizm ustida ancha vaqt ish olib bordi. Endi Huawei ushbu buklanuvchi mexanizmdagi smartfonni taqdim etishga tayyor. 

Smartfonning modeli haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Buklanuvchi mexanizm sodda va kichik qismlardan tashkil topganligi, o‘z navbatida, smartfonning narxini arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Weibo ushbu buklamafonning bir necha renderlarini taqdim etdi. Biroq bu renderlar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash uchun yetarli ma’lumot mavjud emas. 

O‘QING: Akkumulyator unumdorligi bo‘yicha ushbu smartfon DxOMark reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!