Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  668
  •  03.06.2021 11:02

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 operatsion tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. Shuningdek, o‘zining qaysi gadjetlari uni qabul qilishini ham rasman aytdi.

O‘QING: Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, 2 iyunda chiqayotgan HarmonyOS tizimiga o‘tadi!

Shunday qilib, Huawei o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlarini HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatiladi va hozircha faqat Xitoydagi qurilmalarga uzatilishi aytilmoqda.

Allaqachon HarmonyOS o‘rnatish mumkin bo‘lgan mobil qurilmalar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Huawei Mate 40 Pro
  2. Huawei Mate 40 Pro+
  3. Huawei Mate 40 RS
  4. Huawei Mate 40
  5. Huawei Mate 40E
  6. Huawei Mate X2
  7. Huawei P40
  8. Huawei P40 4G
  9. Huawei P40 Pro
  10. Huawei P40 Pro+
  11. Huawei Mate 30 Pro
  12. Huawei Mate 30 Pro 5G
  13. Huawei Mate 30E Pro 5G
  14. Huawei Mate 30 RS
  15. Huawei Mate 30
  16. Huawei Mate 30 5G
  17. Huawei MatePad Pro
  18. Huawei MatePad Pro 5G
  19. Huawei Mate Xs

Mana bu Huawei smartfon va planshetlari esa joriy yilning uchinchi kvartalida HarmonyOS 2.0 operatsion tizimiga o‘tadi:

  1. Huawei Mate 20
  2. Huawei Mate 20 Pro
  3. Huawei Mate 20 RS
  4. Huawei Nova 7 SE
  5. Huawei Nova 7 SE 5G Youth
  6. Huawei Nova 8 5G
  7. Huawei Nova 8 Pro 5G
  8. Huawei Nova 8 Pro 4G
  9. Huawei Nova 8 SE
  10. Huawei Nova 7 5G
  11. Huawei Nova 7 Pro 5G
  12. Huawei Nova 6
  13. Huawei Nova 6 5G
  14. Huawei Nova 6 SE
  15. Huawei MatePad 10.8
  16. Huawei MatePad 10.4
  17. Huawei MatePad 5G

Qolgan mobil qurilmalar keyingi bosqichlarda yangilanadi; ammo global bozordagi smartfon va planshetlarga HarmonyOS 2.0 qachon tarqatilishi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!